
Yevropa Chempionlar ligasi 2-turidan o‘rin olgan "Real" - "Sherif" bahsi yakuniga yetdi va bu uchrashuvda 2:1 hisobida hamyurtimiz to‘p tepayotgan jamoa g‘alaba qozondi.
O‘yinning 25-daqiqasida Yaxshiboyev hisobni ochdi. 65-daqiqada Benzema penaltidan unumli foydalanib, muvozanatni tikladi. O‘yinning asosiy vaqti so‘nggi daqiqalari o‘tib borayotgan bir paytda Till jamoasining g‘alaba golini urdi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng, Moldova klubi turnir jadvalida 6 ochko bilan 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Qirollik klubi"da hozircha 3 ochko bor va ular 2-pog‘onadan joy olgan.
Real Madrid – Sherif 1:2
Gollar: 0:1 – 25 Yaxshiboyev, 1:1 – 65, Benzema penaltidan, 1:2 – 89 Till.
"Real Madrid" – Kurtua, Nacho (Rodrigo, 66), Alaba, Militao, Migel Guterres (Kroos, 66), Kazemiro (Modrich, 66), Valverde, Kamavinga, Benzema, Azar (Yovich, 66), Vinisius Junior.
"Sherif" – Atanasiadis, Fernando, Arboleda, Dulanto, Kristiano, Kolovos (Nikolov, 90), Till, Addo, Traore, Kastaneda (Djulen, 78), Yaxshiboyev (Bruno, 57).
Ogohlantirishlar: Arboleda (17), Kazemiro (39), Addo (45), Dulanto (46), Yovich (81), Till (90).
Real MadridSherifYevropa ChempionlarO'yin NatijalariG'alaba GolFutbol Uchrashuvi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar