02:01 / 29.09.2021
4 047

"Sherif" "Real" maydonida sensatsion tarzda g‘alaba qozondi

"Sherif" "Real" maydonida sensatsion tarzda g‘alaba qozondi
Yevropa Chempionlar ligasi 2-turidan o‘rin olgan "Real" - "Sherif" bahsi yakuniga yetdi va bu uchrashuvda 2:1 hisobida hamyurtimiz to‘p tepayotgan jamoa g‘alaba qozondi.

O‘yinning 25-daqiqasida Yaxshiboyev hisobni ochdi. 65-daqiqada Benzema penaltidan unumli foydalanib, muvozanatni tikladi. O‘yinning asosiy vaqti so‘nggi daqiqalari o‘tib borayotgan bir paytda Till jamoasining g‘alaba golini urdi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng, Moldova klubi turnir jadvalida 6 ochko bilan 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Qirollik klubi"da hozircha 3 ochko bor va ular 2-pog‘onadan joy olgan.

Real Madrid – Sherif 1:2
Gollar:
0:1 – 25 Yaxshiboyev, 1:1 – 65, Benzema penaltidan, 1:2 – 89 Till.

"Real Madrid" – Kurtua, Nacho (Rodrigo, 66), Alaba, Militao, Migel Guterres (Kroos, 66), Kazemiro (Modrich, 66), Valverde, Kamavinga, Benzema, Azar (Yovich, 66), Vinisius Junior.

"Sherif" – Atanasiadis, Fernando, Arboleda, Dulanto, Kristiano, Kolovos (Nikolov, 90), Till, Addo, Traore, Kastaneda (Djulen, 78), Yaxshiboyev (Bruno, 57).

Ogohlantirishlar: Arboleda (17), Kazemiro (39), Addo (45), Dulanto (46), Yovich (81), Till (90).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Sherif" "Real" maydonida sensatsion tarzda g‘alaba qozondi