
“Sherif” bosh murabbiyi Yuriy Vernidub Chempionlar ligasi guruh bosqichi ikkinchi turida “Santyago Burnabeu”da “Real” mag‘lub etilganidan so‘ng, mezbonlar yulduzi Luka Modrichdan sovg‘a olganini ma’lum qildi.
- Modrich o‘z futbolkasini sovg‘a qildi. Men darvozabon Andrey Lunin bilan “Zarya”da birga ishlaganman. U bizdan “Real”ga o‘tgan edi. U borib Luka bilan gaplashib berdi va ana endi qo‘limda nabiram uchun futbolka bor, - dedi Yuriy Vernidub.
Madrid shahridagi uchrashuvda Jasur Yaxshiboyev va Sebastyan Till urgan gollar Moldova klubiga 2:1 hisobida g‘alaba keltirdi. Mezbonlarning yagona javob to‘pini Karim Benzema penaltidan kiritdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar