2 414
Shomurodov bugun “Roma”ga g‘alaba keltirishga tayyor, Mourino esa bu oson emasligini aytdi!
UYEFA Konferensiyalar ligasi guruh bosqichi ikkinchi turidan o‘rin olgan “Zarya” va “Roma” o‘rtasidagi uchrashuvdan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida Eldor Shomurodov ustozi Joze Mourino bilan birga ishtirok etdi.
Avvalroq, Italiya matbuoti bugungi o‘yinda Joze Mourino asosiy hujumchi Temmi Abraxam o‘rniga Eldor Shomurodovni boshlang‘ich tarkibda maydonga tushirishi kutilayotgani haqida yozgandi.
Shomurodov futbolchi A Seriyaning o‘tgan uchrashuvida “Latsio”ga 2:3 hisobida boy berilgan o‘yindan keyin bu gal faqat g‘alaba uchun harakat qilishini ta’kidladi.
- O‘tgan uchrashuv natijasidan xafa bo‘ldik, lekin biz kuchli jamoa sifatida navbatdagi bahsda o‘zimizni ko‘rsatishni istaymiz. Agar men tarkibga kiritilsam, g‘alaba uchun o‘ynashga to‘liq tayyorman. Eng muhim jihat shuki, biz g‘alaba qozonishga tayyormiz, - dedi Eldor Shomurodov.
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino ham jurnalistlar savollariga javob berar ekan Ukrainada g‘alaba qozonish oson bo‘lmasligini alohida ta’kidladi.
- Men “Zarya”ga qarshi bir necha yil oldin dekabrda o‘ynaganman. O‘shanda qanday sharoit bo‘lganini yaxshi bilasizlar. Hozir sharoitlar o‘nglangan, maydon ham joyida, havo harorati futbol uchun ideal.
Biz “Zarya”ning Yevropa ligasi, “Bude-Glimt” va Ukraina chempionatidagi asosiy uchrashuvlarini ko‘rib, tahlil qilib chiqdik. Bu juda uyushqoq jamoa. Qiyin bo‘ladi, lekin biz g‘alaba uchun o‘ynaymiz. O‘yin tashkil qilish borasida mezbonlar bizga muammo tug‘dirishi mumkin.
Konferensiya ligasida o‘ynash uchun ishtiyoq bor. Lekin men Chempionlar ligasida g‘olib chiqishni tanlagan bo‘lardim. Hozir biz Konferensiya ligasidamiz va bu turnirni g‘olib chiqishga harakat qilishimiz lozim. Birinchi vazifa – oldimizdagi uchrashuvda zafar quchish.
Hozir har bir mamlakatda har bir jamoaning salohiyati bor. Bir necha yillar oldingidek katta farq yo‘q. Menda Ukrainada o‘ynash tajribasi bor. Bu yerda g‘alaba qozonish qiyin. “Inter”ni olib kelganimda so‘nggi daqiqalardagi gol tufayli g‘alaba qozonganmiz. “Chelsi” durang o‘ynagan, “Manchester Yunayted” zafar quchgan. “Roma” bilan to‘rtinchi kelishim bo‘larkan. Bu gal ham o‘yin oson bo‘lmaydi.
Ko‘p o‘zgarish qilmayman, lekin ayrim o‘yinchilarga dam kerak, boshqalari o‘zini ko‘rsatishi lozim. Biz kuchli jamoamiz va g‘alaba qozonishni istaymiz, - dedi Joze Mourino.
UYEFA Konferensiyalar ligasining “S” guruhidan o‘rin olgan “Roma” birinchi turda o‘z maydonida Bolgariyaning SSKA jamoasini 5:1 hisobida mag‘lub etib, guruh peshqadamiga aylandi. Ungacha rimliklar saralash bosqichida Turkiyaning “Trabzonspor” jamoasiga qari ikkita uchrashuv o‘tkazib, 2:1 va 3:0 hisobida zafar quchgan edi.
Eldor Shomurodov uchala o‘yinda qatnashib, bitta gol va ikkita golli pas muallifi bo‘lgan.
Bugun uchrashuv mezboni “Zarya” esa Yevropa Ligasi saralash bosqichidan o‘ta olmaganidan keyin mavqei jihatidan bir pog‘ona past turuvchi Konferensiyalar ligasi guruh bosqichidan joy oldi. Lugansk shahri sharafini himoya qilayotgan “Zarya” guruhdagi dastlabki uchrashuvni Norvegiyada “Bude-Glimt” jamoasiga qarshi o‘tkazib, 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
“Zar” – “Roma” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 21:45 da boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi