19:19 / 30.09.2021
1 707

Mourino “Real”dan taklif oldi, u “Chelsi”dan yana bir yulduzni chaqirmoqda

Mourino “Real”dan taklif oldi, u “Chelsi”dan yana bir yulduzni chaqirmoqda
Eldor Shomurodov sababli “Roma” muxlislik qiladigan hamyurtlarimiz safi tobora kengayib bormoqda. O‘zbekistonlik futbol ixlosmandlarini Rim klubiga oid xabarlar qiziqtirishini inobatga olgan holda, e’tiboringizga “Roma”ga tegishli yangilik, xabar va ma’lumotlarni sizlarga havola qilishda davom etamiz.

Mourino “Real” taklifni qabul qilmadi!
Insayder Paulo Futrening ma’lum qilishicha, Joze Mourino may oyining boshida “Roma” bilan kelishuvga erishganidan keyin “Real”dan taklif olgan. Biroq, portugaliyalik mutaxassis murakkab vazifalarni xush ko‘rgani bois “Roma” loyihasini qabul qildi.

“Roma” rahbariyati Joze Mourino oldiga klubning avvalgi mavqeini tiklab, yuqori o‘rinlar uchun kurashadigan va Chempionlar ligasida muntazam qatnashishga qodir jamoa shakllantirish vazifasini qo‘ygan.

O‘z navbatida, Mourino 2010-2013 yillar davomida “Real”ni boshqargan. Taniqli murabbiy qo‘l ostida madridliklar Ispaniya chempioni, mamlakat kubogi va Superkubogi sohibi bo‘lgan.

“Chelsi”dan yana bir o‘yinchi keladi
Yozgi transferlar vaqtida “Chelsi”dan Temmi Abraxamni sotib olgan “Roma” londonliklarning yana bir futbolchisiga xaridor bo‘lmoqda.
Joze Mourino qishki transferlar vaqtida 25 yoshli yarim himoyachi Ruben Loftus-Chikni Rimga olib kelmoqchi. Portugaliyalik mutaxassis “Chelsi”ni boshqargan davrda bu yarim himoyachini katta futbolga olib kirgan edi.

Joze Rubenning imkoniyatlarini yaxshi biladi va u ushbu yarim himoyachi “Roma”ni kuchaytira olishiga ishonmoqda. Rimliklar bu transferni 15 million yevroga amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

“Roma” ikki futbolchi uchun grandlar bilan raqobatlashmoqda
Joze Mourino yana ikki ikki futbolchini Rimga chorlamoqda. “Aston Villa” vakili Duglas Luisda faoliyatini A Seriyada davom ettirish imkoniyati paydo bo‘ldi.

“Roma” 23 yoshli braziliyalik futbolchini tezroq o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Mourino kutayotgan Duglas Luisni olish oson bo‘lmaydi. Chunki iste’dodli o‘yinchiga “yuventus” ham xaridor hisoblanadi.

Portugaliyalik mutaxassis e’tiboriga tushgan ikkinchi futbolchi Luis Dias ayni paytda “Portu” sharafini himoya qilmoqda.
Diasni qo‘lga kiritish uchun “Roma” vakillari transfer bozorida “Barselona” va “Liverpul” bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.

Avvalroq, Joze Mourino “Roma”ning tarkibi A Seriyadagi asosiy raqobatchilari – “Inter”, “Napoli”, “Yuventus”, “Atalanta”, “Milan” jamoalariniki qadar kuchli emasligini ta’kidlagan edi.

“Roma” yetakchilari yangi shartnoma oladi
“Roma” mutasaddilari yarim himoyachi Brayan Kristante bilan amaldagi shartnomasi uzaytirish bo‘yicha muzokara boshladi.
Klub mahoratini namoyish etib kelayotgan yarim himoyachini 2025 yilning yozigacha o‘z safida olib qolmoqchi. Bitimga o‘zaro kelishgan holda hamkorlikni yana bir mavsum uzaytirish huquqi ham kiritiladi.

Shuningdek, jamoa sardori Lorenso Pelligrinining ham yangi shartnomasi tayyor bo‘ldi. Futbolchi yangi bitim bo‘yicha 2026 yilning yarmigacha Rimda qoladi va yiliga 4 million yevro maosh oladi.

“Roma” rahbariyati bu ikki futbolchi bilan muzokaralarni yakunlaganidan keyin jamoaning yana bir yulduzi – Nikolo Dzanolo shartnomasi bo‘yicha ish boshlaydi.

Qator grandlardan taklif olayotgan Dzanoloni saqlab qolish uchun rimliklar unga yangi bitim bermoqchi. Unga ko‘ra, iste’dodli yarim himoyachi 2026 yilning yozigacha Rimda qolishi kerak. Dzanoloning bir yillik mehnati 4 million yevro atrofida baholanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourino “Real”dan taklif oldi, u “Chelsi”dan yana bir yulduzni chaqirmoqda