21:40 / 30.09.2021
2 292

Eldor Shomurodov matbuot anjumanida nimalar dedi?

Eldor Shomurodov matbuot anjumanida nimalar dedi?
«Roma» hujumchisi Eldor Shomurodov Konferensiyalar Ligasi 2-turi doirasida «Zarya»ga qarshi kechadigan uchrashuv oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

«Latsio»ga qarshi Rim derbisidagi mag‘lubiyat haqida
Juda qiyin o‘yin bo‘ldi. Mag‘lub bo‘ldik, lekin u o‘yinni unutdik. Oldimizda hal qilinadigan vazifalarimiz bor. Hozir faqat «Zarya»ga qarshi o‘yin haqida o‘ylayapmiz.

«Zarya»ga qarshi o‘yin haqida
Hozir kuchsiz jamoalar qolmagan. «Zarya» ham g‘alaba uchun maydonga chiqadi, biz ham. G‘alaba qozonish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz.

Rim derbisidan keyingi taassurotlar haqida
Taassurotlar ajoyib. Bungacha boshqa derbilar bo‘lgan, faqat ularga muxlislar kirmagandi. Bu — futbol. Unda hamma narsa bo‘lishi mumkin. «Latsio»ga qarshi o‘yin haqida uzoq o‘ylamaymiz. Ha, barchamiz xafa bo‘ldik. Ammo endi bizni boshqa o‘yin kutib turibdi.

Ukrainaga ilk bor kelgani haqida
Avval Ukrainada bo‘lmaganman. Birinchi bor kelishim. Ukraina terma jamoasi, futbolchilari kuchli ekanini bilaman.

Jasur Yaxshiboyevning «Real»ga urgan goliga munosabati haqida
Goldan so‘ng, albatta xursand bo‘ldim. Ular «Real»ni mag‘lub etdi va Jasur gol urdi. Lekin men o‘zimni O‘zbekistondagi yagona yulduz deb hisoblamayman. Balki bu yerdagilar bilmas, lekin O‘zbekistonda yaxshi futbolchilar juda ko‘p.

«Roma»ga tez moslashgani haqida
Bundan avval «Jenoa»da to‘p surganman va «Roma»ga moslashishim juda oson kechdi. Jamoadoshlarim ham meni qo‘llab-quvvatladi.

UYEFA Konferensiyalar ligasi doirasidagi «Zarya»—«Roma» o‘yini 30 sentabr 21:45 da boshlanadi. Joze Mourino shogirdlari birinchi turda «SSKA Sofiya» ustidan qozonilgan g‘alaba evaziga C guruhi peshqadami bo‘lib turibdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov matbuot anjumanida nimalar dedi?