19:27 / 01.10.2021
1 569

Piter Xyuistra "Paxtakor"ning mavsumdagi ikkinchi mag‘lubiyatiga qanday izoh berdi?

Piter Xyuistra "Paxtakor"ning mavsumdagi ikkinchi mag‘lubiyatiga qanday izoh berdi?
Coca-Cola Superliga 21-tur doirasidagi Qo‘qon-1912 – Paxtakor uchrashuvidan keyingi matubot anjumanining birinchi qismida “Sherlar” ustozi Piter Xyuistra ishtirok etdi.

- “Qo‘qon-1912” jamoasi o‘yinni yaxshi, shiddatli hujumlar bilan boshladi. Dastlabki daqiqalarda imkoniyatlar yaratdi. Ulardan foydalandi ham. Bizning o‘yinga kirishib ketishimizga vaqt talab qildi. Hisob 2:0 bo‘lgan vaziyatda biroz omadsizroq bo‘ldik. Tanaffusdan keyin o‘yinni kuchaytirish uchun zaxiradan futbolchilarni tushirdim. Natijada hisobni tenglashtirdik. Buning uchun yigitlarga rahmat aytaman, ular kurashni hohlashdi. Biroq raqibimiz yana ikkita gol kiritib, g‘alaba sari bordi.

Maydon holati yaxshi bo‘lmagani uchun o‘z o‘yinimizni namoyish eta olmagandirmiz. Lekin ikkinchi bo‘limda shogirdlarim kurasha olishlarini ko‘rsatishdi. Raqibimiz ham o‘z maydonida g‘alaba uchun borini berib o‘ynadi. Keyingi bahslarda yaxshi natija ko‘rsatishga harakat qilamiz.

Sherzod A’zamov jarohat olgani bois uni zaxiraga oldik. Mavsumdagi har ikki mag‘lubiyat ham biz uchun oson bo‘lmadi. O‘zi biz mavsumda ikkita uchrashuvda mag‘lub bo‘ldik, xolos.

O‘zimni ma’lum ma’noda o‘zbek deb hisoblayman. Shuning uchun Yaxshiboyev va Shomurodovlarning Yevropa maydonlarida ko‘rsatayotgan yorqin o‘yinlaridan xursand bo‘lyapman. Bunday o‘yinchilar qanchalik ko‘p bo‘lsa, o‘zbek futbolining saviyasi ham oshib boradi, - dedi Xyuistra.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Piter Xyuistra "Paxtakor"ning mavsumdagi ikkinchi mag‘lubiyatiga qanday izoh berdi?