
Turkiyalik hakam Juneyt Chakir ma’lum muddat o‘yinlarni boshqarmaydi. La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko‘ra, 44 yoshli hakam va uning video assistenti Abdulqodir Bitigen UYEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-turidan o‘rin olgan "Milan"-"Atletiko" o‘yini paytida qoniqarsiz o‘yin ko‘rsatgani uchun jazolanadi.
Hakamlar guruhi qanday xatolarga yo‘l qo‘ygani ochiqlanmagan. Taxminlarga ko‘ra, 29–daqiqada “rossonerilar” futbolchisi Frank Kessening maydondan chetlatishi va qo‘shimcha daqiqalarda "matraschilar" foydasiga penalti belgilanishi borasida savollar tug‘ilgan.
Natijada, "Atletiko" penaltini golga aylantirib, "San Siro"da irodali g‘alabaga erishdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar