20:54 / 01.10.2021
1 470

Superliga. "Lokomotiv"ni "Metallurg" maydonida kambek qildi

Superliga. "Lokomotiv"ni "Metallurg" maydonida kambek qildi
Superliganing 21-turidan o‘rin olgan “Metallurg” va “Lokomotiv” jamoalari bahsida 1:2 hisobi qayd etildi. Poytaxt jamoasi hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Azizbek Amonov (90+1') tomonidan kiritilgan gol evaziga muhim g‘alabani tantana qildi.

E’tiborlisi, o‘yindagi ikkita gol penaltidan kiritildi. “Metallurg” safida DamirTemirov (42'), “Lokomotiv” safida Temurxo‘jaAbduxoliqov (59') gol muallifiga aylandi.

Yana bir ahamiyatli jihat, o‘yinning 37-daqiqasida “temiryo‘lchilar” posboni Abdumavlon Abdujalilov hakam tomonidan qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi va maydondan chetlatildi.

Ushbu o‘yindan so‘ng “Metallurg” hisobidagi ochkolar 19 taligicha qoldi va bekobodliklar hozircha o‘zlari egallab turgan 10-pog‘onada borishmoqda. “Lokomotiv” esa 32 ochko bilan 5-o‘rindagi "Bunyodkor"ga yetib oldi.

"Metallurg" – "Lokomotiv" 1:2
Gol
: Damir Temirov penalti 41' – Temurxo‘ja Abduxoliqov 60', Azizbek Amonov 90+1'

"Metallurg": 99. Vladimir Vagin, 4.Odilbek Abdumajidov ( 48.Dilshod Rahmatullayev, 68), 8.Salamat Quttiboyev, 14.Abror Toshqo‘ziyev (7. Ruslan Roziyev, 86), 15. Zohid Abdullayev (10.Shahzodbek Nurmatov, 64), 22.Shahzodbek G‘ofurbekov, 28.Stanislav Andreyev, 30.Ibrohim Ibragimov, 80. Farruhjon Ibrohimov ( 6.Xudoyshukur Sattorov, 86), 90.Abdurahmon Abdulhaqov (11.Ivan Nagayev,, 86), 98.Damir Temirov .

"Lokomotiv": 1. Abdumavlon Abdujalilov, 3. Islom Qobilov, 5. Kaxi Maxaradze, 7. Sadriddin Abdullayev (28. Shuhrat Muhammadiyev, 68), 11. Temurxo‘ja Abduxoliqov, 14. Azizbek Amonov, 17. Sanjar Qodirqulov, 21. G‘ulom Haydar G‘ulomov, 27. Islom Rashidxonov (35. Javohir Ilyosov, 41), 37. Sherzod Fayziyev, 77. Diyorjon Turopov ( 4. Dilshod Komilov, 90).

Ogohlantirish: Diyorjon Turopov (21).
Chetlatish: Abdumavlon Abdujalilov (36).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Lokomotiv"ni "Metallurg" maydonida kambek qildi