
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning ta’kidlashicha, "Liverpul" va klub murabbiyi Yurgen Klopp bilan qarama-qarshilik uni professional darajaga olib chiqqan.
"Yurgen Klopp boshqargan jamoalar yaxshi murabbiy bo‘lishimga yordam berdi. U meni boshqa darajaga olib chiqdi — meni o‘ylashga, o‘zimni isbotlashga, yaxshiroq bo‘lishga majbur qildi. Bu men hali ham o‘z ishimning ustida ter to‘kishimning sabablaridan biri.
Angliyaga kelganimdan beri "Liverpul" har doim yuqori darajada bo‘lgan. Oxirgi to‘rt yil mobaynida biz va ular doim yuqori pog‘onalarda bo‘ldik. Bu maqtovga sazovor natija. Ammo Premer-ligada ko‘plab jamoalar chempionlik uchun kurashishi mumkin, bir yoki ikki klub emas", — deydi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, APLning 7-turidan o‘rin olgan "Liverpul" — "Manchester Siti" uchrashuvi 3 oktabr kuni, Toshkent vaqti bilan 20:30 da boshlanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar