15:30 / 02.10.2021
1 655

Islom Qobilov: “Mikael Sekeyra o‘yin davomida taktikani o‘zgartirishdan cho‘chimaydi”

Islom Qobilov: “Mikael Sekeyra o‘yin davomida taktikani o‘zgartirishdan cho‘chimaydi”
Superliganing 21-turida “Lokomotiv” safarda “Metallurg”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Qizig‘i shundaki, “Loko” 37-daqiqadan boshlab maydonda bir kishi kam bo‘lib harakat qildi. O‘yindan so‘ng “temiryo‘lchilar” himoyachisi Islom Qobilov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Bugun g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq va murabbiyimiz tomonidan berilgan ko‘rsatmalar asosida g‘alaba qozondik. Garchi, maydonda bir kishi kam bo‘lib qolganimizga qaramay, o‘yinimizda pasayish kuzatilmadi. Aksincha, tanaffus vaqtida bosh murabbiyimiz shoshilmasligimizni va hali hammasi oldinda ekanligini uqtirdi. Taktik o‘zgarish ham amalga oshirildi. Biz bir kishi bo‘lsakda, g‘alaba qozonishimizga ishonchimiz komil edi, - deya so‘z boshladi Qobilov.

- “Lokomotiv”ning bu mavsumda eng qiyin safar bahsi kimga qarshi kechdi?
- Joriy mavsumda “Lokomotiv” uchun eng qiyin safar uyini “Bunyodkor”ga qarshi kechdi. Negaki, bu o‘yinda biz ancha-muncha ko‘p harakat qildik.

- Bosh murabbiy Sikeyra xususida qanday fikrlarni ayta olasiz?
- Taktik tomonlama u juda kuchli. O‘yin davomida ham taktik o‘zgarish qilishdan cho‘chimaydi.

- Jamoangizning joriy mavsumdagi ko‘rsatayotgan o‘yinini qanday baholaysiz?
- Mavsum oldidan bizda yangi jamoa tuzildi. O‘yinlarda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik va shu tomonlama turnir jadvalida yuqori o‘rinda bo‘masak-da, biz to‘xtab qolmaymiz. O‘yin tomonlama hech bir jamoaga yutqazganimiz yo‘q. Faqatgina, omad ham ba’zida bizga kulib boqmayapti. Qolgan o‘yinlar davomida imkon qadar ochko yo‘qotmaslik va g‘alaba qozonish uchun kurashamiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Islom Qobilov: “Mikael Sekeyra o‘yin davomida taktikani o‘zgartirishdan cho‘chimaydi”