21:00 / 02.10.2021
1 912

Nima uchun Yevropaning grandlari Superliga tuzib, YECHLni tark etmoqchi?

Nima uchun Yevropaning grandlari Superliga tuzib, YECHLni tark etmoqchi?
UYEFAning YECHL ortidan topadigan daromadi 3-4 mlrd yevroga baholanadi. Chempion jamoa uchun 100-120 mln yevro atrofida daromad qiladi.

Qolgan jamoalar 40-80 mln oralig‘ida. Bunday klublar ichiga doimiy kirish ham oson emas, asosan 1/4 finalga chiqqan grandlar bu pulga ega chiqadilar. Ammo Neymardan keyingi bozor bizning qizil sabzi kabi ko‘tarilib ketdi. PSJ misolida olib qarasangiz, fransuzlar 2 marotaba ketma-ket YECHLni yutgan taqdirida Neymarning transfer pulini oqlaydilar. Hali bu yerda yana qancha afsonalarning maoshi bor, shu jumladan Neymarning o‘ziniki ham.

Superligani tuzish orqali 3 mlrd pulga 16ta jamoani o‘zi egalik qilish maqsadi. Agar bu turnirda 16ta jamoa bo‘lib, SOF daromad 3 mlrd bo‘lsa, klublar 187 500 000 Yevro miqdorida boyib oladilar. Bu YECHLni yutgan jamoaning bonusidan ancha ko‘p va unga bir yo‘la 16ta klub ega chiqadi. YECHLda esa 1ta jamoa. Qolganlar yuqorida yozilganidek, 40-80 mln atrofida ishlaydi, ammo bu millionlar endi milliardlar o‘yiniga yetmayapti.

Endi YECHLda beriladigan bonuslar ketma-ketlikda yozilgan.

32ta jamoaning ishtiroki uchun - 488 000 000 yevro.
Guruh o‘yinlaridagi maksimal g‘alabadan kelib chiqib beriladigan bonuslar - 268 800 000 yevro.

Bitta guruhda jami 12ta o‘yin o‘tkazilinadi. Agar shu o‘yinlarning barida durangsiz faqat g‘alaba qayd etiladigan bo‘lsa, 32ta jamoadan iborat 8ta guruhda 12*8=96 ta g‘alabali o‘yin qayd qilinadi.

1/8 finalchilarga - 153 600 000 yevro.
1/4 finalchilarga - 42 400 000 yevro.
Finalchilarga - 31 000 000 yevro.
G‘olib jamoaga - 20 000 000 yevro.

Klublar uchun to‘laniladigan jami harajatlar - 1 003 800 000 yevro.

Bundan tashkari UYEFA ishlab topadigan daromadidan Yevropa ligasi va Shomurodov to‘p tepayotgan liga bonuslariga ham sarf qiladi. Undan tashqari o‘sishga layoqadi bor, biroq moliyaviy holati chatoq mamlakat klublari ham aynan shu pul orqali moliyalashtiriladi.

Aynan shu holat Real, Barselona, Yuventus kabi grandlarning asabiga tegyapti.

Nimp uchun, shu pullarni o‘zimiz ishlashimiz mumkin bo‘lgan bir paytda, uni Yevropa bilan bo‘lishish kerak? Shu mavzu grand rahbarlar ishtirokidagi choyxonada so‘nggi 2-3 yilda ko‘tarilib kelinyapti.

UYEFA esa o‘sha choyxonadagi samovorchi, choy tashuvchi, o‘tin sotuvchi va idish tovoq yuvguvchilariga ham tomizg‘i berib turishni maqsad qilgan.

Nodirxo‘ja Yuldashev

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nima uchun Yevropaning grandlari Superliga tuzib, YECHLni tark etmoqchi?