19:12 / 02.10.2021
1 979

Aleksandr Xomyakov: "Bizni quyi ligaga tushib ketishimizni qayerdan oldingiz?"

Aleksandr Xomyakov: "Bizni quyi ligaga tushib ketishimizni qayerdan oldingiz?"
Superliganing 21-turidan o‘rin olgan "Mash’al" - "Nasaf" (0:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi deydi Aleksandr Xomyakov o‘z fikrlarini bildirdi.
"Bugun "Nasaf"ni mag‘lub etmoqchi edik, ammo agar vaziyatga real qarasak g‘alaba qozonish uchun borimizni berishimiz va omad ham kelishi kerak edi. Himoyada xato qildik va mag‘lub bo‘ldik. Chiroyli o‘yin bo‘lmadi, ammo futbolchilarga e’tirozim yo‘q. Ular bugun harakat qilishdi. Biz zinma-zina tepaga intilyapmiz", - deydi Aleksandr Xomyakov.

- Legionerlarning holatidan qoniqyapsizmi? Ular mahalliy futbolchilardan ko‘nglingiz to‘qmi?
- Albatta ba’zi vaziyatlar bizni havotirga solmoqda. Ammo hujumchilar boshqalarga qarab o‘ynaydi. Agar qolgan futbolchilar ularga vaziyat yaratib berishmasa gol bo‘lmaydi. Harakat qilishdi ammo professional futbolda xohish-istakning o‘zi yetarli emas. Bugun "Nasaf" haqiqatdan ham kuchli edi.

- Eshbo‘tayev qachon safga qaytadi?
- Hozircha u davolanmoqda, umid qilamanki 2 haftadan keyin tarkibga qaytadi.

- "Mash’al" xavfli hududga yaqin joyda joylashgan. Superligada qolish uchun nechta g‘alaba kerak deb o‘ylaysiz?
- Oldinda yana 5ta tur qoldi, har bir klub ochko uchun kurashmoqda. Menimcha barchasi so‘nggi turlarda hal bo‘ladi.

- Bordi-yu "Mash’al" quyi ligaga tushib ketsa klubda qolasizmi yoki pro-ligada ham ishlab jamoani elitaga qaytarishga urinasizmi?
- Bizni quyi ligaga tushib ketishimizni qayerdan oldingiz (kuladi)? Bordi-yu? Yo‘q biz oxirigacha kurashamiz. Klub bilan 3 yillik shartnomam bor va "Mash’al"ni Superligada olib qolish uchun borimizni beramiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Xomyakov: "Bizni quyi ligaga tushib ketishimizni qayerdan oldingiz?"