Superliganing 21-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” - AGMK (1:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Birinchi bo‘lim sust o‘yin ko‘rdik. Jamoalar bir-birini hurmat qilishdi. Aniqrog‘i, intizomli uchrashuv bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda shiddat, tezkorlik, jangovarlik oshdi. Uch ochko olish uchun maydonga tushgandik. Lekin... Avvalo o‘zimiz aybdormiz. Bizga hech kim chetdan kelib yordam bermaydi.
Futbol shunday narsa, maydonga chiqqanda tayyorgarlik ko‘rilmaydi. “Bunyodkor” o‘tgan turda Qarshida alamli mag‘lubiyatga uchragandi. Shu bois o‘z muxlislari, rahbarlari oldida jonini berib o‘ynashini yigitlarga uqtirgandim.
Futbol ikki bo‘lim o‘ynaladi. Ikkinchi taymdagi harakatni ilgariroq boshlashganida, natija boshqacha ko‘rinish olardi. Oldinda o‘yinlarimiz bor. Ana shu bahslarda faqat g‘alaba uchun to‘p tepamiz. Turnir jadvalidagi o‘rnimiz o‘zimizga bog‘liq. Turnir jadvalining yuqori va pastki qismida qiziqarli uchrashuvlar kechmoqda. Jadvalga qarab turib ham maydonga chiqib bo‘lmaydi. Hozir hammaga ochko kerak.
“Bunyodkor” matbuot xizmati
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi