22:33 / 06.10.2021
1 110

Messining birinchi imzolagan shartnomasi kimoshdi savdosiga qo‘yildi

Messining birinchi imzolagan shartnomasi kimoshdi savdosiga qo‘yildi
PSJ hujumchisi Lionel Messi imzolagan hujjatni Amerikaning "Goldin Auctions" kompaniyasi auksionga qo‘ydi.
1995–2000 yillar keltirilgan kartochkada argentinalik forvardning fotosurati va uning imzosi bor. Ushbu vaqt ichida Messi "Nyuells Old Boyz" sharafini himoya qilgan.

Bu hujumchining hujjatga qo‘ygan dastlabki imzosi deya ta’kidlanadi.

Ayni vaqtda kartaning boshlang‘ich qiymati 10 ming dollarga baholangan. 10 avgust kuni PSJ Lionel Messi bilan shartnoma imzolanganini rasman e’lon qildi. Bitim 2023 yilgacha amal qiladi.

Messi Kataloniya klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2004 yilda asosiy jamoada debyutini o‘tkazgan. "Ko‘k-anorranglilar" bilan birgalikda u 35 ta unvonni qo‘lga kiritdi. Forvard olti marta "Oltin to‘p" sohibi bo‘lgan. O‘tgan mavsumda u Ispaniya chempionatining 35 uchrashuvida 30 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messining birinchi imzolagan shartnomasi kimoshdi savdosiga qo‘yildi