Futbol bo‘yicha Millatlar Ligasi yarim finali doirasida Italiya va Ispaniya terma jamoalari 6 oktabr, chorshanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.
Milanda o‘tgan o‘yin 2:1 hisobida ispanlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. 17-daqiqada Ferran Torres chap qanotdan oshirilgan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi. 45+2-daqiqaga kelib, «Manchester Siti» vakili dublni rasmiylashtirdi. Qayd etish kerak, gol bo‘lishidan bir oz avval Leonardo Bonuchchi Serxio Busketsga qarshi qo‘pollik qilgani uchun ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydondan chetlatildi.
Uchrashuvning asosiy vaqti yakunlanishiga 7 daqiqa qolganida Lorenso Pellegrini Federiko Kezaning faolligidan keyin gol urib, hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq bu mag‘lubiyatdan qutulib qolish uchun yetarli bo‘lmadi.
Ispaniya terma jamoasi finalda Belgiya va Fransiya o‘rtasida 7 oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan ikkinchi yarim final uchrashuvi g‘olibi bilan finalda to‘qnash keladi.
Qayd etish o‘rinli, mazkur o‘yinda Italiya terma jamoasining 37 o‘yindan iborat bo‘lgan mag‘lubiyatsiz seriyasiga nuqta qo‘yildi.
Millatlar Ligasi
1/2 final bahsi
Italiya — Ispaniya 2:1
Gollar: 0:1 – 17 Ferran Torres, 0:2 – 45 Ferran Torres, 1:2 – Pellegrini.
Italiya – Donnarumma, Emerson, di Lorenso, Bastoni, Bonuchchi, Bernardeski (Kellini, 46), Jorjino (Pellegrini, 64), Insine (Kin, 58), Verratti (Lokatelli, 58), Keza, Barella (Kalabriya, 72).
Ispaniya – Unai Simon, Alonso, Laport, Aspilikueta, Pau Torres, Sarabiya (Xil, 75), Koke (Merino, 75), Ferran Torres (Pino, 49), Buskets, Oyarsabal, Gavi (Serji Roberto, 83).
Ogohlantirishlar: Bonuchchi (30), Aspilikueta (45), Sarabiya (65), Pino (71), Lokatelli (81), Oyarsabal (89).
Chetlatish: Bonuchchi (42).
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
KXDR askarlarlari urushga kirdi. Razvedka nima demoqda?
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz