Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida o‘tkazilgan sambo bo‘yicha "Tatariston Respublikasi Prezidenti kubogi" xalqaro turnirida mamlakatimiz sambochilari ham munosib ishtirok etishdi va yurtimizga uchta medal bilan qaytib kelishdi.
To‘rtinchi marotaba tashkil etilgan ushbu musobaqada dunyoning 15 mamlakatidan 207 nafar sportchi sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishdi. Quvonarlisi, xalqaro turnir yakuniga ko‘ra, uch nafar sambochimiz sovrindorlar safidan joy oldi.
Jumladan, -79 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Firdavs Xojimamatov finalgacha yetib bordi va kumush medalga sazovor bo‘ldi. -98 kg vaznli sambochimiz Ne’mat Yoqubov ham musobaqaning kumush medali egasiga aylandi. Jangovar sambo bahslarida esa -71 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz San’at Ismanov yurtimizga bronza medali bilan qaytib keldi.
Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
KXDR askarlarlari urushga kirdi. Razvedka nima demoqda?
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz