
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti chempionlar ligasi 1/8 finalida "Shalke"ga qarshi uchrashuv oldidan fikrlarini bildirdi.
"Real" o‘tgan mavsumda "Shalke"ni safarda 6:1 hisobida mag‘lub etgan edi.
"Biz chempionlar ligasining amaldagi g‘oliblarimiz va yana g‘olib chiqish uchun hamma narsa qilamiz. "Real" o‘z o‘yinidan huzur qilishi kerak va motivasiyani saqlashi kerak.
Ertaga yaxshi futbol ko‘rsatamiz deb o‘ylayman. O‘yin sistemamiz o‘zgarmaydi. Biz hujumda ham, himoyada ham yaxshi o‘ynashimiz kerak.
Biz "Atletikoga qarshi juda yomon o‘ynagan edik, ammo hozir ahvolimiz ancha yaxshi. Yaxshi natijaga erishmoqchimiz. Albatta, o‘tgan yilgiday 6:1 hisobi bo‘lishi shartmas", - deydi Anchelotti.
Manba: www.std.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar