22:57 / 12.10.2021
1 161

Levandovski: "Gvardiola futbolga boshqa tomondan qarashni o‘rgatdi. Men o‘zgacha fikrlayman"

Levandovski: "Gvardiola futbolga boshqa tomondan qarashni o‘rgatdi. Men o‘zgacha fikrlayman"
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski unga ispaniyalik murabbiy Pep Gvardiola bilan ishlash qanday yordam berganini aytdi.
"U futbolga boshqa tomondan qarashni o‘rgatdi. Harakat, taktikalarni tushunish, ularni futbolda ishlatish.

Gvardiola bilan ishlaganimdan so‘ng futbolda boshqacha o‘ylayman, sababi o‘yinni boshqa tomondan, boshqa burchakdan ko‘raman. Men kim xato qildi, kim yaxshiroq o‘ynadi, qanday qilib raqibdan bir qadam oldinda bo‘lish kerakligini bilaman.

Biz gaplashardik, u menga tez-tez taktikani tushuntirardi va aytardi: "Men senga hujumchi sifatida kuchliroq bo‘lishingga yordam bera olmayman, sababi sen shundog‘am yaxshisan, ammo men jamoaga to‘pni jarima maydonchasi ichiga kiritishga yordam bera olaman, sen esa u yerda nima qilishni bilasan
", - deydi Levandovski.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Levandovski: "Gvardiola futbolga boshqa tomondan qarashni o‘rgatdi. Men o‘zgacha fikrlayman"