“Manchester Siti” va Angliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Denni Millz “Nyukasl”ning yangi xo‘jayinlariga bosh murabbiylikka Joze Mourinoni taklif etishni maslahat beryapti. Ayni paytda “Nyuksl”ni Stiv Bryus boshqarmoqda. Biroq, uning o‘zi ham tez orada kursisini bo‘shatishi lozimligini yaxshi biladi.
- Agar “Nyukasl” muvaffaqiyat qozonishga qodir yangi jamoa qurish uchun mablag‘ ajratadigan bo‘lsa, bosh murabbiy lavozimiga Joze Mourinoni taklif qilishi kerak. Agar Jozega yetarli darajada pul ajratib, unga erkinlik berilsa, jamoani boshqalarga qaraganda kutilayotgan muvaffaqiyatga eng tez yetaklay oladi.
“Nyukasl” uzoq yo‘lni tanlasa, joriy mavsumda premer-ligadagi o‘rnini saqlab qolishi, keyingi yildan kuchli oltilikka kirish uchun kurashishi mumkin. Agar autsayderlar qatoridan chiqib, shu mavsumning o‘zida kuchli to‘rtlikdan joy olish kerak bo‘lsa, bu ishni faqatgina Mourino uddalay oladi.
Biroq, Jozega o‘zi istagan futbolchilarni olish uchun kattagina mablag‘ ajratish lozim. Mourino bunday imkoniyatni berish mumkin bo‘lgan kam sonli murabbiylardan. U bir hafta ichida muvaffaqiyat qozonishga qodir bo‘lgan jamoa tuza oladi. Uning shogirdlari zo‘r o‘ynamasligi mumkin, lekin natija albatta bo‘ladi, - deydi Denni Millz.
Mourino menga g‘oliblik ruhini singdirgan
“Manchester Yunayted”ning hujumkor futbolchisi Jessi Lingard jamoani boshqargan Joze Mourino haqida iliq fikrlarini bildirdi. Lingardning o‘yini aynan portugaliyalik mutaxassis qo‘l ostida ochilgan edi. Mourino bilan birga angliyalik futbolchi ikkita sovrin – Liga kubogi va Yevropa Ligasi g‘olibi bo‘lgan.
Jessi Lingard Mourino unda sovrinlar yutish ishtiyoqini uyg‘otganini alohida ta’kidladi.
- Mourino “Manchester Yunayted” bsh murabbiyi bo‘lgan. Unga o‘yinchilarning jarohat olishi yoqmas edi. U jarohatlar haqida eshitishni istamasdi. Menda ham shunday bo‘lgan. Bir marta unga: “Bunda mening aybim yo‘q-ku, Boss”, - deganman.
Joze bilan do‘stona munosabatlarni saqlab qoldim. U menga nisbatan yaxshi munosabatda. Jarohatlarga yo‘liqqan davrgacha meni muhim uchrashuvlarda muntazam o‘ynatardi. Birgalikda sorvinlar yutdik va u meni g‘olibga aylantirdi. U yangi qirralarni ochishni biladi.
Mourino shogirdlari bilan shaxsan gaplashib turishni yoqtiradi. Ba’zan kutilmaganda qo‘ng‘iroq qilib, hol-ahvol so‘rab turadi, - deydi Jessi Lingard.
Pellegrini jangga tayyor
“Roma” sardori Lorenso Pellegrini isitmasi ko‘tarilgani bois, jamoasining bir necha mashg‘ulotlarini o‘tkazib yuborgan edi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “bo‘rilar” yetakchisi 17 oktabr kuni “Yuventus”ga qarshi maydonga tushishga tayyor. Kasallanganidan keyin klub mashg‘ulotlar bazasini tark etgan 25 yoshli yarim himoyachi bir necha kun yakka tartibda shug‘ullanishiga to‘g‘ri keldi.
Manbalarning xabar qilishicha, Pellegrini umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilgan va o‘zini yaxshi his qilmoqda.
“Roma” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Lorenso Pellegrini Joze Mourino jamoasi muvaffaqiyatlariga eng katta hissa qo‘shayotgan futbolchi hisoblanadi.
Kalafori uchun muhim o‘yin
“Roma”ning urugvaylik himoyachisi Matias Vina milliy terma jamoasidan kutilganidan ancha kech qaytadi va “Yuventus” bilan bo‘ladigan bellashuvni o‘tkazib yuboradi.
Joze Mourino asosiy himoyachilaridan birining o‘rnini yosh futbolchi Rikkardo Kalafori bilan to‘ldirmoqchi. 8-turning markaziy uchrashuvi 19 yoshli Kalafori uchun alohiyada ahamiyat kasb etadi.
Rikkardo “Roma” asosiy tarkibidagi debyutini o‘tgan mavsumda aynan “Yuventus”ga qarshi o‘yinda nishonlagan edi. Turin mezbonlik qilgan o‘sha bahsda “bo‘rilar” 3:1 hisobida zafar quchgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Samarqandda voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlandi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi