Odil Ahmedov O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganidan so‘ng sardorlik bog‘ichiga kim munosibligi borasida hozirgacha bahs-munozaralar bo‘lmoqda.
Bosh murabbiy bu ishni Eldor Shomurodovga topshirgan. Ammo aksariyat insonlar sardorlik bog‘ichini Jaloliddin Masharipovga berilishi lozimligini ta’kidlamoqda. Jumladan, O‘FA terma jamoalar bo‘limining sobiq boshlig‘i Aziz Haydarov ham.
U “Sport” telekanalidagi ko‘rsatuvda terma jamoa sardorlik bog‘ichiga kim munosibligi haqida gapirdi.
- O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori kim bo‘lishi kerakligi borasida hamma joyda gapirilmoqda. Men bu futbolchilaring ayrimlari bilan birga o‘ynaganman, ishlaganman, taniyman. Lekin fikrimcha, sardorlik bog‘ichini beriladigan ham, oladigan ham faqat Jaloliddin Masharipov, deb bilaman. Chunki uning gapini boshqalar eshitib, xulosa chiqarib, to‘g‘ri qabul qilishi mumkin. Biroq boshqa futbolchilarni bilmadim. Fikrimcha, Masharipov sardorlik bog‘ichini olsa, to‘g‘ri bo‘ladi, - dedi Aziz Haydarov. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Samarqandda voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlandi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi