15:13 / 16.10.2021
1 769

Timur Kapadze terma jamoa qachon yig‘ilishi va keyingi rejalar haqida gapirdi

Timur Kapadze terma jamoa qachon yig‘ilishi va keyingi rejalar haqida gapirdi
Joriy yilning 25-31 oktabr kunlari Quvaytda U-23 Osiyo chempionatiga saralash "D" guruhi o‘yinlari bo‘lib o‘tishi kerak edi.
Biroq taniqli mutaxassis Alisher Nikimbayev "Futbolium" kanalida Quvayt futbol assotsiatsiyasi musobaqani qabul qila olmasligini bildirgani haqida xabar e’lon qildi. Bu esa o‘z-o‘zidan Timur Kapadze murabbiyligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining rejalariga ta’sir qilishi tabiiy. Ushbu masala yuzasidan terma jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadzening fikrlari bilan qiziqdik.

"Quvaytdagi musobaqaga tayyorgarlik ko‘rayotgan edik. Chiptalar ham oldindan byuurtma qilingandi. Ketish arafasida edik. Bir necha kun oldin Quvayt futbol assotsiatsiyasi turnirni o‘tkaza olmasligini bildirdi. Hozirda OFK mezbonlikni kimga berishni ko‘rib chiqmoqda. O‘zbekiston yoki Saudiya Arabistoniga mezbonlik berilishi mumkin. Bizga qolsa saralash bahslari yurtimizda o‘tkazilgani yaxshi. Chunki hech qayerga parvoz qilmaymiz, uyda to‘p tepamiz. Muxlislarning kirish ehtimoli bor. Bugun yoki ertaga mazkur masala hal bo‘lishi kerak.

Rejamiz bo‘yicha 20 oktabr kuni kubok o‘yinini o‘tkazib 21 oktabr kuni yig‘ilishimiz kerak edi. Hozir musobaqa sanasi va joyi e’lon qilingach shunga qarab ish tutamiz. Hammasini vaqt ko‘rsatadi
",- deydi Timur Kapadze.

Abdulaziz Iskandarov

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Timur Kapadze terma jamoa qachon yig‘ilishi va keyingi rejalar haqida gapirdi