17:59 / 27.10.2021
1 564

U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston yoshlari Saudiya Arabistoni bilan durang o‘ynadi

U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston yoshlari Saudiya Arabistoni bilan durang o‘ynadi
Foto: O‘FA
U-23 Osiyo kubogi—2022 saralash bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston U-21 — Saudiya Arabistoni U-23 uchrashuvi 27 oktabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvning 40-daqiqasida Hamid Abdulloh hisobni ochdi. 45-daqiqada Otabek Jo‘raqo‘ziyev muvozanatni tikladi.

Ikkinchi bo‘limning boshida Abdulmuhsin al-Qahtani saudiyaliklarning ikkinchi golini urdi. 79-daqiqada esa Jasurbek Jaloliddinov penaltidan unumli foydalanib, yakuniy hisobni o‘rnatdi.

D guruhining ikkinchi o‘yinida Bangladesh U-23 jamoasi Kuvayt bilan bahs olib bordi. Kuvaytliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo Kubogi—2022 musobaqasi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. Shu sabab Temur Kapadze jamoasining ushbu saralash bosqichidagi natijasi O‘zbekistonning Osiyo Kubogidagi ishtirokiga ta’sir qilmaydi.

U-23 Osiyo Kubogi saralashi
1-tur bahslari
27 oktabr, chorshanba

Saudiya Arabistoni U-23 – O‘zbekiston U-21 2:2
Gollar
: 1:0 — 40 Abdulloh, 1:1 — 45 Jo‘raqo‘ziyev, 2:1 —46 al-Qahtani, 2:2 — 79 Jaloliddinov (penalti).
Saudiya Arabistoni U-23: 22. Abdulrahmon Anvar ash-Shammari, 4. Xalifa Odil ad-Dovsari, 5. Jihod Txikri, 8. Hamid Abdulloh al-G‘amdi, 12. Navaf Bu Vashl, 14. Mansur Fayoz al-Beshi, 15. Hussayn Ahmad al-Issa, 16. Ziyad Muborak al-Johani, 19. Abdulloh al-Hamddan, 20. Muhammad al-Kunaydri, 23. Abdulmuhsin al-Qahtani.
O‘zbekiston U-21: 12. Vladimir Nazarov, 2. Saidazamat Mirsaidov, 4. Abubakr Rizo Turdaliyev, 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 7. Hojimat Erkinov, 10. Jasur Jaloliddinov, 11. Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 17. Diyor Xolmatov, 19. Hamidxon Rustamxonov, 20. Diyorbek Rahimqulov, 22. Alisher Odilov.
Ogohlantirishlar: Mirsaidov (26), al-Beshi (29), Jaloliddinov (55), Hamidjonov (87).

Bangladesh U-23 — Kuvayt U-23 0:1
Gol
: 0:1 — 19 Yussud ar-Rashidi (penalti).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston yoshlari Saudiya Arabistoni bilan durang o‘ynadi