22:44 / 28.10.2021
1 495

O‘zbekistonlik bokschi: yurtimizga oltin medal bilan qaytishga harakat qilamiz

O‘zbekistonlik bokschi: yurtimizga oltin medal bilan qaytishga harakat qilamiz
Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda.

Yaqindagina og‘ir vazn toifasidagi vakilimiz Lazizbek Mullojonov (+92 kg) eronlik Puria Amiri bilan ringga ko‘tarildi. Qiyin kechgan jangda Mullojonov 4:1 hisobida raqibidan ustun keldi. Jangdan so‘ng hamyurtimiz o‘z fikrlarini bildirdi.

- Birinchi jang doim qiyin bo‘lgan. Qolganlarni bilmadim, lekin men uchun ilk jang qiyin kechadi. Chunki ringni, atmasferani his qilish lozim. Allohga shukr, jangni ijobiy natija bilan yakunladik.

Eronlik raqibim ham jiddiy qarshilik ko‘rsatdi. Hamma birinchi navbatda oltin medalni olaman, deb kelgan. Shuning uchun biroz qiynaldim. Lekin raqibimdan ustun keldim.

Bu vazn toifasidagi yetakchilar jahon chempionatida qatnashmayapti. Bu imkoniyatimni oshiradimi? Albatta, boshqa kuchli bokschilarning chempionatga kelmagani bir tomondan yaxshi, lekin biz uchun bu ahamiyatsiz. Qanday raqib bo‘lishidan qat’iy nazar yurtimizga oltin medal bilan qaytishga harakat qilamiz
, - dedi Lazizbek Mullojonov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik bokschi: yurtimizga oltin medal bilan qaytishga harakat qilamiz