“Al-Sadd” jamoasini topshirib, “Barselona”ni qabul qilib olishga rozilik bergan Xavi Ernandes klub rahbariyati oldiga o‘z talablarini qo‘ydi.
Xavining talabiga ko‘ra, kataloniyaliklar mavsum oxirida shartnomasi tugaydigan Usmon Dembeleni yangi bitimga ko‘ndirishi kerak.
Ispaniyalik mutaxassisning fikriga ko‘ra, agar fransiyalik hujumkor futbolchi jamoadan ketib qolsa, uning pozitsiyasiga boshqa iste’dodli o‘yinchi topishning imkoni bo‘lmaydi. Aslida klub prezidenti Joan Laporta ham anchadan beri Usmon Dembeleni yangi shartnomaga ko‘ndirmoqchi bo‘lyapti. Biroq tomonlar hali bir to‘xtamga kelmadi.
Shuningdek, Xavi Ernandes jamoa himoya chizig‘ini qayta tashkil qilmoqchi. U aksariyat futbolchilar bilan xayrlashishga tayyor. Shuningdek, klub mutasaddilaridan “Sevilya” himoyachisi Jyul Kundeni olib kelishni so‘ragan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi