
Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda.
Bugun to‘rt nafar hamyurtimiz ishtirokidagi bellashuvlarning shohidiga aylanamiz. Dastlab Nodirjon Mirzahmedov (-48 kg) irlandiyalik Rikkey Nesbittga qarshi Toshkent vaqti bilan taxminan 16:15dan jang o‘tkazadi.
Odiljon Aslonov (-80 kg) italiyalik Simone Fioriga to‘qnash keladi. Jang 19:15da boshlanadi.
Mujibullo Tursunov (-63,5 kg) 22:00da yaponiyalik Taiga Imanaga to‘qnash keladi.
Saidjamshid Jafarov (-75 kg) ham yaponiyalik Yuito Morivaki bilan 23:45da ringga chiqadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar