Parij shahrida o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionatida Tokio-2020 sovrindori Davlat Bobonov oltin medalni qo‘lga kiritdi.
- 90 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan sportchimiz final bahsida braziliyalik Godoy De Machedoni mag‘lubiyatga uchratdi.
Ma’lumot uchun, Davlat Bobonov finalga qadar Avstriya, Rossiya va Slovakiya dzyudochilaridan ustun kelgan edi.
Shuningdek, bugungi bellashuvlar davomida Muzaffarbek To‘raboyev (-100 kg) ham chempionlik uchun tatamiga chiqsa, Bekmurod Oltiboyev va Shohruh Baxtiyorov (ikkalasi ham +100 kg) bronza medallari uchun Finlyandiya va Slovakiya vakillariga qarshi kurash olib borishadi.
Kechagi bellashuvlar yakunida Dilshod Baratov (-60 kg) va Diyora Keldiyorova (-52 kg) ham oltin medalni qo‘lga kiritishgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi