22:59 / 31.10.2021
1 887

Abdumalik Xalakov: Shahobiddin Zoirovning jangida nima bo‘ldi?... Hakamlarga qoldirmaslik lozim

Abdumalik Xalakov: Shahobiddin Zoirovning jangida nima bo‘ldi?... Hakamlarga qoldirmaslik lozim
Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.

Abdumalik Xalakov (-60 kg) sloveniyalik Tedach Sernoga bilan jang o‘tkazdi. Jangda Abdumalik zarbasi bilan raqibini yiqitdi. U jangni davom ettira olmadi. Natijada Xalakov keyingi bosqichga yo‘l oldi. Jangdan so‘ng hamyurtimiz SPORTS.uz saytiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Kayfiyatlar juda ham a’lo. Har jang men uchun yangi ochilish bo‘ladi. Bu chempionatga juda ko‘p tayyorlandim. Murabbiyim, ota-onam meni ruhiy tomondan qo‘llab-quvvatlashmoqda. Butun xalqimiz qo‘llab turganidan xursandman.

Bugun ko‘rdik Shahobiddin Zoirovning jangida nima bo‘ldi? Shunga qarab raqibdan bir karra ustunlik bilan g‘alaba qozonish kerakligini tushundim. Hakamlarga qoldirmaslik lozim. Shuning uchun murabbiylarim nima qilishim kerakligini maslahat berishdi. Ularning ko‘rsatmalarini bajardim, deb o‘ylayman.

Keyingi bosqichda rossiyalik bokschi bilan ringga chiqaman. Avval ham u bilan to‘qnash kelganmiz va g‘alaba qozonganman. Uni o‘rganamiz, shunga qarab taktika qo‘llaymiz. Nasib qilsa, keyingi bosqichlarda yanada yorqinroq janglar o‘tkazishga harakat qilaman
, - dedi Abdumalik Xalakov.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport