20:14 / 02.11.2021
1 568

Abdumalik Xalakov: Bronza medali naqd? Bu yerga oltin medal uchun kelganmiz. Bizni butun xalqimiz kutmoqda

Abdumalik Xalakov: Bronza medali naqd? Bu yerga oltin medal uchun kelganmiz. Bizni butun xalqimiz kutmoqda
Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati hal qiluvchi pallada. Musobaqada nimchorak finallar yakunlandi. Endi navbat chorak finallarga.

Biroz avval Abdumalik Xalakov (-60 kg) rossiyalik Vsevolod Shumkov bilan ringga ko‘tarildi. Bellashuvda vakilimiz g‘alaba qqozonib, yarim finalga yo‘l oldi. Xalakov kamida bronza medalini hal qildi.

Jangdan so‘ng Abdumalik Xalakov SPORTS.uz saytiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi: - Bu bokschi bilan ikki marta uchrashib, g‘alaba qozonganman. Jangdan avval bu bokschi bilan oramizda kelishmovchilik borligini aytgandim.

Jangda biroz murabbiylarning gapini eshitmay qolyapman. Murabbiylar jangga berilib ketmasligimni uqtirishgandi. Lekin ba’zi vaziyatlarda bu fikrlarga amal qila olmadim. Shu paytda murabbiylarim bu kerak emasligini aytishdi. O‘z ishimni qilishimni aytishdi.

Raqib meni o‘rgangan. Chunki u bilan bu safar uchinchi bor to‘qnash kelmoqdamiz. Chunki har bir odam yutqazganidan so‘ng uni o‘rganishni boshlaydi. Men murabbiylarim aytgan taktikalarni to‘liq bajara olmadim. Lekin 60 foizini qila oldim, deb o‘ylayman.

Bronza medali naqd? Biz oltin medal olish uchun kelganmiz. Bizni O‘zbekistonda xalqimiz kutmoqda
, - dedi Abdumalik Xalakov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abdumalik Xalakov: Bronza medali naqd? Bu yerga oltin medal uchun kelganmiz. Bizni butun xalqimiz kutmoqda