Lazizbek Mullajonov chorak finalda armanistonlik bokschiga yutqazdi va musobaqani tark etdi

Lazizbek Mullajonov chorak finalda armanistonlik bokschiga yutqazdi va musobaqani tark etdi
Foto: Boks federatsiyasi matbuot xizmati
Belgrad shahri mezbonligida o‘tayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatining 2 noyabr kungi bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

+92 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Lazizbek Mullajonov armanistonlik David Chaloyanga qarshi ringga ko‘tarildi. Teng kurashlar ostida o‘tgan bahs 3:2 Chaloyanning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Mullajonov bundan avvalgi bosqichlarda eronlik Amiri Puria va angliyalik Delisius Oryedan ustun kelgandi.

Bugun yana ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘z jangini o‘tkazadi.

-63,5 kg: Mujibillo Tursunov — Endi Kruz (Kuba) – 22:55 dan keyin;
-92 kg: Madiyor Saidrahimov — Lyuis Uilyams (Angliya) – 00:40 dan so‘ng.

Avval Hasanboy Do‘stmatov, Shohjahon Abdullayev, Mirazizbek Mirzaxalilov, Shahram G‘iyosov, Shahobiddin Zoirov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Odiljon Aslonov, Nodirjon Mirzahmedov va Saidjamshid Ja’farov kabi o‘zbekistonlik bokschilar Jahon chempionatini tark etgandi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar