
Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi
Belgradda o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida chorakfinal bahslari yakunlandi.
-92 kg vaznda o‘zbekistonlik Madiyar Saidrahimov britaniyalik Lyuis Uilyamsga qarshi ringga ko‘tarilib, 5:0 hisobida g‘alaba qozondi va yarimfinalga yo‘l oldi.
Saidrahimov finalga chiqish uchun 4 karra jahon va 2 karra Olimpiada chempioni, kubalik Xulio Sezar La Kruz bilan to‘qnash keladi.
Shunday qilib, turnirga 13 bokschi bilan borgan O‘zbekiston terma jamoasining faqat 2 nafar vakili yarimfinalga chiqib, medalni naqd qildi. Bungacha -60 kg vaznda Abdumalik Halokov ham chorakfinaldan muvaffaqiyatli o‘tgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar