08:16 / 03.11.2021
2 364

Mourino “Roma” tarkibini o‘zgartirmoqda. Kimlar keladiyu kimlar ketadi?

Mourino “Roma” tarkibini o‘zgartirmoqda. Kimlar keladiyu kimlar ketadi?
Joze Mourino qishki transferlar davridan boshlab, jamoa tarkibini o‘zgartirishga harakat qilmoqda. Avvalroq, portugaliyalik mutaxassis “Real”dan Dani Sebelos va Nacho Fernandesni olishga harakat qilayotgani haqida ma’lumot bergan edik.

Xo‘sh, yana kimlar “Roma” kelishi mumkin va kimlar Rimni tark etadi?

“Roma” Germaniyaga taklif yubordi
Myonxengladbaxning “Borussiya” jamoasi yarim himoyachisi Denis Zakariya “Roma”ning qishgi transferlardagi asosiy nishoni hisoblanadi. Shu bois, Joze Mourino talabiga ko‘ra, klub mutasaddilari birinchi bo‘lib, shvetsariyalik futbolchiga taklif yubordi.

Ma’lumotlarga qaraganda, rimliklar Zakariya bilan 2026 yilning yarmigacha shartnoma tuo‘ib, unga yiliga 3,5 million yevro maosh to‘lamoqchi. Bu futbolchi yozda erkin agentga aylanadi. U myonxengladbaxliklar bilan shartnomani yangilamadi.

Shunga qaramay, “Roma” mavsum yakunlanishini kutmaydi. Rimliklar o‘yinchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan “Barselona”dan oldin qo‘lga kiritish uchun “Borussiya”ga yanvarda besh million yevro miqdorida badal puli to‘lashni taklif qilgan.

Joriy mavsumda barcha turnirlarda 9 ta uchrashuvda qatnashgan 24 yoshli futbolchi ikkita gol va bitta golli pas muallifi bo‘ldi.

Zakariya Rimga kelmasa nima bo‘ladi?
“Borussiya” va Denis Zakariya “Roma”ning taklifiga hali javob qaytargani yo‘q. Shveysariyalik futbolchi oldida boshqa variantlar ham bor.

Har ehtimolga qarshi, rimliklar ham boshqa o‘yinchilarni kuzatib bormoqda. Xususan, “Roma” markazni kuchaytirishi kerak bo‘lgan Zakariya transferi o‘xshamay qolgan taqdirda “Portu” vakili Luis Diasni olib kelishga ham qarshi emas.

Biroq, Luis Dias ham Yevropaning bir qator grand klublari nishonida turibdi. Uni olib kelish ham oson bo‘lmaydi.

Himoyaga yangi nomzod
“ROma”ning zaif nuqtalaridan biri himoya chizig‘i hisoblanadi. Shu bois, rimliklar qishki transferlar vaqtida o‘zlariga mos himoyachi ham olishi kerak.

Hozircha, klub sport direktori Tyago Pinto Niderlandiya chempionatida o‘ynayotgan norvegiyalik Markus Xolmgren Pedersen nomzodini o‘rganmoqda. 21 yoshli himoyachi “Feyenoord”dagi debyut mavsumida juda ishonchli o‘yin namoyish qilmoqda.

Markus yosh bo‘lishiga qaramay, jamoasining yetakchi himoyachilaridan biri hisoblanadi va chempionatda o‘nta uchrashuvdan to‘qqiztasida maydonga tushdi.

“Roma” Pedersenni yanvarda Rimga olib kelish uchun tez kunlarda uning agentlari bilan muzokara boshlaydi.

Manchini yangi bitimga ko‘ndi
“Roma” rahbariyati yetakchi himoyachilaridan biri Janluka Manchini bilan tez orada yangi shartnoma imzolaydi.

Muzokaralar ijobiy yakunlanish arafasida. Kelishuvga ko‘ra, 25 yoshli italiyalik futbolchi klub bilan hamkorlikni 2026 yilning yarmigacha uzaytiradi va yiliga 3,5 million yevro miqdorida maosh oladi.

Manchini “Roma”ga 2019 yili “Atalanta”dan o‘tgan. Shundan beri “bo‘rilar” safida 96 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z vazifasini uddalash bilan birga yettita gol va to‘rtta golli pas muallifi bo‘ldi.

Vilyarga ikki xaridor chiqdi
Joze Mourino yangi futbolchilar olish barobarida o‘zining ishonchini qozana olmagan bir guruh o‘yinchilardan voz kechadi. Xususan, Borxa Mayoral ijarasi mavsum oxirigacha davom etishiga qaramay, yanvarda “Real”ga qaytariladi.

Ispaniyalik yana bir futbolchi – Gonsalo Vilyarga ham o‘z yurtidan takliflar bor. Mourinoga nimalarga qodirligini ko‘rsata olmagan yarim himoyachiga “Betis” va “ Valensiya” og‘iz solmoqda.

Vilyarning “Roma” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozigacha tuzilgan. Shuning uchun uni oladigan klub ma’lum miqdorda kompensatsiya to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

23 yoshli futbolchi 2020 va 2021 yillar davomida rimliklar safida Italiya chempionatida jami 41 ta o‘yin o‘tkazgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourino “Roma” tarkibini o‘zgartirmoqda. Kimlar keladiyu kimlar ketadi?
ePN