
Bugun Yevropa Konferensiyalar ligasi 4-tur uchrashuvlariga start beriladi.
Shomurodov harakat qilayotgan "Roma" klubi Rimda "Budyo-Glimt"ni qabul qiladi. 3-turda aynan mazkur jamoadan 1:6 hisobida sharmandali mag‘lubiyat qabul qilib olgan rimliklar bugun revansh olishga urinib ko‘radi. O‘yin oldidan norvegiyaliklar 7 ochko bilan birinchi, "bo‘rilar" 6 ochko bilan ikkinchi pog‘onani band etib turibdi.
Ma’lumot uchun, "Roma" - "Budyo-Glimt" bellashuvi soat 01:00da start olishi rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar