
Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati hal qiluvchi pallada. Musobaqada chorak finallar yakunlandi. Yarim finallar bo‘lib o‘tyapti.
Hozirgina Madiyar Saidrahimov (-92 kg) kubalik La Kruz Peraza bilan ringga ko‘tarildi. Bellashuvda hamyurtimiz imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shu tariqa, Madiyar jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Jangdan so‘ng Madiyar Saidrahimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi: - Bugungi jang qiyin kechdi. Kuchli raqib bilan bellashdim. Uchinchi o‘ringacha mehnat qilgan ekanmiz. Endi kelasi safar o‘z ustimizda ko‘proq ishlab, oltin medal uchun harakat qilamiz, - dedi Madiyar Saidrahimov.
Boks ChempionatiMadiyar SaidrahimovBronza MedaliYarim FinallarBellashuvSerbiya O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar