3 241
Bronza medalini qo‘lga kiritgan Madiyar Saidrahimov qancha pul ishlab olganini bilasizmi?

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati yakunlanib bormoqda.
Kecha o‘zbekistonlik Madiyar Saidrahimov (-92 kg) yarim finalda kubalik La Kruz Peraza bilan ringga ko‘tarildi. Bellashuvda hamyurtimiz imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shu tariqa, Madiyar jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi.
AIBA rasmiy saytida musobaqadan avval sovrin jamg‘armasi e’lon qilingandi. Unga ko‘ra bronza medal egasi 25 ming AQSH dollari bilan mukofotlanishi ko‘zda tutilgan. Demak, Madiyar Saidrahimov 25 ming AQSH dollariga ega bo‘lmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bugun -60 kg vaznli bokschimiz Abdumalik Xalakov finalda fransiyalik Sofiane Oumia bilan ringga ko‘tariladi. Jang bugun Toshkent vaqti bilan taxminan 22:45dan so‘ng boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar