09:59 / 06.11.2021
1 718

Ro‘ziqul Berdiyev finaldagi mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?

Ro‘ziqul Berdiyev finaldagi mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?
OFK Kubogi-2021 final o‘yinidan so‘ng matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etdi va quyidagicha fikrlarni bildirib o‘tdi.

- Raqibni g‘alaba bilan tabriklaymiz. Raqib bugun haqli g‘alabaga erishdi. Birinchi tezkor gol va ikkinchi o‘tkazib yuborilgan gol yakunda o‘yin taqdirini hal qildi. Ikkinchi golda jiddiy xatoga yo‘l qo‘ydik. Futbolchilar bugun issiq havoda biroz charchab qolishdi. Qolaversa, raqib jamoaning muxlislari ham juda yaxshi qo‘llab-quvvatlab turishdi. Bu ham ularning g‘alabasida muhim omillardan biri bo‘ldi. Ikkinchi golga qadar biz hujumlar tashkil qilayotgan edik. Lekin goldan keyin hujum qilishni to‘xtatdik.

Bizning jamoamiz ancha yosh, yigitlarning bu kabi katta finallarda o‘ynash tajribalari yo‘q. Bugun biz o‘yin borishini nazorat qilishga urindik, lekin yakunda hisobda mag‘lub bo‘ldik. Yigitlarga ko‘rsatgan o‘yinlari uchun minnatdorchilik bildiraman, - dedi mutaxassis.

O‘z PFL matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev finaldagi mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?