“Nyukasl” eng zo‘r darvozabonlardan biriga xaridor

“Nyukasl” eng zo‘r darvozabonlardan biriga xaridor
Tarkibni keskin kuchaytirish payida bo‘lgan “Nyukasl” rahbariyati “Barselona”ning asosiy posboni Mark-Andre ter Shtegen uchun xarajat qilishga tayyor.

Germaniyalik darvozabon yozda “Barselona” italiyalik Janluiji Donnarummani olishga harakat qilganidan xabar topganidan keyin klub mutasaddilaridan norozi bo‘lgandi. Shu bois, Mark-Andrening o‘zi ham Kataloniyadan ketishga qarshi emas.

“Nyukasl” bu transferni amalga oshirish uchun kataloniyaliklarga 47 million yevro taklif qilmoqchiligi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Albatta, bu summa moliyaviy qiyinchilikni yengib o‘tolmayotgan “Barselona”ni to‘liq qoniqtiradi.

Mark-Andre ter Shtegen joriy mavsumda 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 15 ta to‘p olib chiqdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar