Tezkor! "Barselona" futbolchisi faoliyatini yakunlashi mumkin

Tezkor! "Barselona" futbolchisi faoliyatini yakunlashi mumkin
"Barselona" hujumchisi Serxio Aguero futbolchilik faoliyatini yakunlanishi mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, futbolchika yurak aritmiya tashhisi qo‘yilgan. Aritmiya – yurak urishining chastotasi, ritmi va izchilligining buzilishidir.

Shuni inobatga olgan holda, argentinalik futbolchi faoliyatini yakunlashi mumkin. Bu haqda "Diario Sport" nashri xabar berdi.

Qayd etish joiz, u "Alaves"ga qarshi o‘yindan so‘ng yuragi bilan bog‘liq muammolar tufayli, shifohonaga yotqizildi.

Kataloniya klubi uni 3 oyga safdan chiqqanini ma’lum qildi. Bu davr mobaynida 33 yoshli forvard maydonga qaytish yoki qaytmasligini hal qilish uchun maxsus muolaja oladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar