
Mamlakatimizda sportni ommaviyligini ta’minlash, aholi ayniqsa turli soha vakillari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda. Prezidentimizning 2020 yil 30 oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmoni bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ayni kunlarda Majburiy ijro byurosi organlari xodimlari o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda 8 yanvar – Prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan musobaqalar o‘tkazilmoqda. Birinchi bosqich qur’a natijalariga ko‘ra Byuroning Namangan viloyat boshqarmasi terma jamoasi Toshkent viloyati hamkasblari bilan o‘zaro raqib bo‘lishdi.
Bir-biriga raqib bo‘lgan jamoalarning maydondagi harakatlari barchada qiziqish uyg‘otdi. Murosasaz kechgan o‘yinda Byuroning Namangan viloyat terma jamoasi safarda 11:10 hisobida g‘alabaga erishdi va chorak finalga yo‘l olishdi. Chorak finalda Namangan viloyat terma jamaosi 5 juftlik g‘olib jamoasi bilan kuch sinashadi.
SportO‘zbekiston RespublikasiNamangan viloyatiJismoniy tarbiyaMusobaqalarMini-futbol O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar