Foto: O‘FA
O‘zbekiston milliy jamoasi FIFA kunlari doirasida 8 noyabr kunidan Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishdi. 9 noyabr kuni milliy jamoa safiga legionerlar ham yetib kelishdi. Milliy jamoaning «Paxtakor» stadionida o‘tkazilgan ertalabki mashg‘ulotidan so‘ng, O‘FA matbuot xizmati «Chunsin Lifan» klubi futbolchisi Doston Tursunov bilan intervyu uyushtirdi.
– Doston, avvalo, klubdagi faoliyatingiz va uning Xitoy chempionatidagi ishtiroki haqida gapirib bersangiz.
– Xitoy chempionatida birinchi davra yakunlandi. Unda biz 9ta o‘yin o‘tkazdik. Barcha klublar bir joyga yig‘ilgan holda chempionat markazlashtirilgan tizimda bo‘lib o‘tdi. Birinchi davrani yaxshi o‘tkazib, 6-o‘rinda tugatdik. Endi 2-davrani 12 dekabrda boshlaymiz. Klubim ayni damda mashg‘ulotlar o‘tkazyapti. Milliy jamoa yig‘inidan so‘ng klub safiga qaytaman. Jamoada hammasi yaxshi, ancha moslashib ketdim.
– Klubdagi bosh murabbiyingiz, u bilan aloqalar, sizga bo‘lgan ishonch qanday? Sizni nimalar kutmoqda?
– Bu murabbiy o‘tgan yili Koreyada ishlagan. Men ham o‘tgan yili Koreya chempionatidagi «Pusan ay Park»da o‘ynaganman, shu sababli u bilan oz bo‘lsa-da, tanishmiz. Uning o‘yin uslubini bilaman, men bilan aloqaga chiqib, klubiga olib kelmoqchiligini aytganida, rozilik berganman. U o‘z ishini ustasi va ancha talabchan murabbiy.
– Milliy jamoadagi faoliyatingizda pauza yuzaga keldi. Tanaffusdan keyin yana yig‘inga kelganingizda nimalarni his qildingiz?
– To‘g‘ri, 1,5 yil davomida milliy jamoadan chaqiruv olmadim. Sababi, hamma murabbiyning o‘ziga yarasha o‘yin uslubi bor, kimningdir uslubiga tushmagandirman. Xudoga shukurki, hozir mana uch safardan beri yig‘inga jalb etilyapman. Yangi murabbiyga o‘zimni har tomonlama yaxshi ko‘rsatishga va o‘yinimni kuchaytirishga harakat qilyapman. Hozircha hammasi yaxshi ketyapti.
Foto: O‘FA
– Ko‘pchilik milliy jamoaga Katanes kelganidan so‘ng uning umid bag‘ishlaganini ta’kidlab, unga ishonch bildirmoqda. Sizda bu borada fikr qanday va u bilan aloqalaringiz haqida ayta olasizmi?
– Katanes, albatta, juda talabchan murabbiy. O‘z sxemasi va o‘yin uslubini asta-sekinlik bilan barcha futbolchilarga singdirib boryapti. U asosan, jamoaning birlashishi va natija uchun o‘ynashni o‘rgatmoqda. Milliy jamoa ham ancha yoshargan. Xudo xohlasa, bu tarkib bilan natijaga erishamiz.
– O‘zbekiston noyabr oyida Gruziya bilan o‘ynaydi. Futbolchilar bu o‘yindan nimalar kutyapti va o‘yinga tayyorgarlik jarayonlari qay tarzda kechyapti?
– Gruziya milliy jamoasi bilan o‘yinga tayyorgarlik ya’lo darajada ketyapti. Mashg‘ulotlar 8 noyabrda boshlandi, hozirga kelib barcha legionerlar yetib keldi. O‘yin nasib bo‘lsa, biz uchun yaxshi natija bilan yakunlanadi. Baribir, ular Yevropa jamoasi bo‘lganligi uchun o‘yin qiziq bo‘ladi. Xudo xohlasa, muxlislarimizni xursand qilamiz.
– O‘tgan galgi Iordaniyadagi yig‘indan milliy jamoa a’zolari o‘ziga yarasha saboq olgan. O‘sha yig‘in haqida ham gapirib bersangiz.
– Iordaniya bilan o‘yindagi mag‘lubiyat hammamiz uchun dars bo‘ldi. Bunday jamoaga qarshi qanday tayyorgarlik ko‘rish, o‘yin davomida to‘g‘ri harakat qilish borasida saboq oldik. Bu futbol. Unda siz baribir kimgadir yutqazasiz. Bundan buyog‘iga mag‘lubiyatlarni kamaytirishga harakat qilamiz.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy jamoasi dastlab Toshkentda, keyinchalik esa Gruziya poytaxti Tbilisida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi. Xorijdagi yig‘in doirasida 15 noyabr kuni Gruziyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini belgilangan. Uchrashuv Tbilisidagi «Boris Paichadze» stadionida soat 19:00da boshlanishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Sirdaryoda YTH sodir etgan haydovchidan pul olgan YPX xodimi qamaldi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?