Joriy yil 24-27 noyabr kunlari Jizzax shahridagi “So‘g‘diyona” sport majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun belbog‘li kurash bo‘yicha ilk marotaba 2001-2003 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston jahonning eng sara belbog‘li kurashchilarini musobaqa gilamiga chorlaydi. To‘rt kun mobaynida dunyo polvonlari belbog‘li kurash qoidalari bo‘yicha g‘oliblik uchun bellashadi.
Jahon chempionatida o‘g‘il bolalar belbog‘li kurash va erkin yo‘nalishlarda -52 kg, -62 kg, -68 kg, -75 kg, -82 kg, -90 kg, -100 kg hamda +100 kg vazn toifalarida, qizlar esa -48 kg, -52 kg, -58 kg, -66 kg, -76 kg hamda +76 kg vazn toifalarida kuch sinashadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkaziladigan Jahon chempionatida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan sportchi 10 million so‘m, 2-o‘rin sohibi 7 million so‘m va 3-o‘ringa sazovor bo‘lgan sportchi 5 million so‘m miqdorida pul mukofotiga ega bo‘lishadi.
Belbog‘li kurash bo‘yicha jahon chempionati Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Jizzax viloyati hokimligi, Jahon belbog‘li kurash assotsiatsiyasi (JBKA), Xalqaro belbog‘li kurash federatsiyasi (IBWA), O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi hamda qator vazirlik va tashkilotlar ko‘magida o‘tkaziladi.
Prezidenti sovrini uchun 2001-2003 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasidagi jahon chempionatida dunyoning 30 dan ortiq davlatidan terma jamoalar ishtirok etishi kutilmoqda.
Ayni paytda Jizzax shahrida jahon chempionatini munosib tarzda tashkil etish uchun qizg‘in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi