Foto: Tolibjon Qosimov
Eron ayollar terma jamoasi darvozaboni Zohre Koudai Osiyo Kubogi saralashi doirasida Toshkentda o‘tkazilgan Iordaniyaga qarshi o‘yinda ikkita penaltini bartaraf etdi, ammo u buning evaziga munosib maqtov eshitish o‘rniga gender mojarosiga o‘ralashib qoldi.
Iordaniya futbol assotsiatsiyasi darvozabon Koudaidan jinsini aniqlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishni so‘radi. Aks holda esa FIFAning sobiq vitse-prezidenti va mamlakat futbol assotsiatsiyasi rahbari Ali bin Al-Husayn bu ish bilan jiddiy shug‘ullanishini ma’lum qilgan.
«Tushuning, jinsni tekshirish majburiy emas, ammo Osiyo futbol konfederatsiyasi ma’lum o‘yinchiga nisbatan boshqa mamlakatlarda shubha tug‘ilsa, tekshiruv o‘tkazish va tegishli choralarni ko‘rish huquqiga ega. Biz shaffoflik va aniqlik so‘rayapmiz. Eron jamoasining ushbu futbolchisi qolgan o‘yinchilar bilan o‘xshash yoki yo‘qligini aniqlash uchun mustaqil tibbiy ekspertlar guruhi tomonidan test o‘tkazilsin. Bor gap shu», — deb yozadi Al-Husayn Twitter sahifasiga joylashtirgan ochiq maktubida.
Zohre haqiqatan ham boshqa o‘yinchilardan biroz ajralib turibdi:
Foto: «Sports.ru»
Foto: Tolibjon Qosimov
Eron esa holatga darhol javob qaytardi. «Bularning barchasi alamli mag‘lubiyat tufayli sodir bo‘layotgani menga yaxshi ayon. Biz Zohrega ishonamiz. Xodimlarimiz bu kabi muammolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun terma jamoadagi har bir futbolchining gormonlarini doimiy tekshirib boradi. Biz tarafdan Osiyo futbol konfederatsiyasiga har qanday hujjatlar taqdim etiladi», — deydi ishonch bilan milliy terma jamoa ustozi Maryam Erondost.
Nima bo‘lganda ham iordaniyaliklarda shubhalanish uchun sabablar bor, boisi Eron ayollar jamoasi atrofida avvaldan gender mojarolari bilan bog‘liq muammolar bo‘lgan. 2014 yilda ayollar jamoasidan naq to‘rt nafar futbolchi erkak bo‘lib chiqqandi. Tendensiya kelasi yilda ham davom etgan: tarkibdan yana jinsini o‘zgartirish operatsiyasini o‘tkazishga ulgurmagan erkaklar topilgan — bu safar ularning soni sakkiz nafarni tashkil qiladi.
Albatta, o‘shanda ham Eron hamma faktlarni rad etgan. Biroq bu yordam bermagandi: Eron futbol federatsiyasi jarimaga tortiladi, aybdor futbolchilar esa umrbod muddatga ayollar futbolidan chetlashtirilgan.
«Jamoamizning barcha a’zolari — muhtaram sportchi qizlar va go‘zallardir. Bu sport vaziri janob Mahmud Guderzi bilan bo‘lgan so‘nggi uchrashuvdan olingan suratda ham ko‘ringan. Bu ayblovlar hech qanday asosga ega emas va haqoratomuzdir», — deb yozgandi Eronning asosiy gazetalaridan biri Hamshahri.
Ammo hozir eronliklar uchun hammasi yaxshi ketmoqda: Zohre butun dunyoda qo‘llab-quvvatlanmoqda, Ispaniyaning mashhur Marca gazetasi esa allaqachon u bilan intervyu olish uchun muzokaralarni boshlab yuborgan. Shunday ekan, iordaniyaliklar eronlik darvozabonning ajoyib o‘yin ko‘rsatganidan alamzada bo‘lgani haqidagi taxmin ham to‘g‘ri bo‘lib chiqishi mumkin.
Foto: Tolibjon Qosimov
Shuningdek, Zohre Koudaining o‘zi ham holatga munosabat bildirar ekan, ayol ekanini ta’kidlab, Iordaniya futbol federatsiyasini bu ishi uchun sudga berishini ma’lum qildi.
«Iordaniya futbol federatsiyasini sudga beraman. Men ayolman. Bu Iordaniya tomonidan qilingan haqoratdir», — deydi Koudai.
Ma’lumot uchun, Eron va Iordaniya terma jamoasi Toshkentda markazlashgan tizimda o‘tkazilgan Osiyo Kubogi saralashi doirasida 25 sentabr kuni to‘qnash keldi. Uchrashuvda eronliklar penaltilar seriyasida 4:2 hisobida g‘alaba qozongandi. Bu g‘alaba evaziga eronliklar guruhda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, Osiyo Kubogiga yo‘llanma olgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi