18:15 / 20.11.2021
10 051

"Nasaf" yetakchilari nega "So‘g‘diyona" bilan o‘yinda qatnashmaganiga Ro‘ziqul Berdiyevning munosabati

"Nasaf" yetakchilari nega "So‘g‘diyona" bilan o‘yinda qatnashmaganiga Ro‘ziqul Berdiyevning munosabati
O‘zbekiston Superligasi 25-turida "Nasaf" Jizzaxda "So‘g‘diyona" bilan kuch sinashdi. Bellashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Uchrashuvdan so‘ng qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

- Uchrashuv kurashlarga boy bo‘ldi. "So‘g‘diyona" mana shunday kurashlarni taqdim etadi. Durang vaziyatni murakkablashtirdi. Oxirgi turgacha kumush, bronza medalini kim olishi aniq emas. Menimcha, bunday holat oxirgi yillarda uchramayotgandi. Shu bois chempionatning so‘nggi qismini inobatga olsak, qiziq o‘tdi. Durang adolatli natija. Jamoalar g‘alaba uchun harakat qildi.

Asosiy tarkibdagi futbolchilar nega zaxirada qoldirildi? Biz keyingi o‘yinni inobatga oldik. Chunki 3 kundan so‘ng AGMK bilan O‘zbekiston kubogi final yo‘lida bellashamiz. Shuning uchun ba’zi futbolchilarga dam berdik. O‘ylaymanki, ularning o‘rniga maydonga tushgan futbolchilar o‘yinni buzib qo‘ymadi. Mazmunli harakat qilmagandirmiz. Biroq natija muhim edi.

Superligada jamoalar sonining ko‘payishiga fikrim? Bir tomondan ko‘p o‘yinlar bo‘lgani ma’qul. Lekin biz bunga tayyor bo‘lishimiz lozim. Agar Superligada ishtirokchilar 16 ta bo‘lsa, balki Pro ligaga qiziqish juda ham kamayib ketishi mumkin. Shuning uchun buni chuqur o‘ylab, hulosa chiqarish darkor. Har tomonni hisobga olish kerak. Faqat Superligani o‘ylasak, birinchi liga e’tiborsiz qolsa, kurashlar bo‘lmasa, o‘sha ligadagi o‘yinlar juda ham susayib ketishi mumkin, - dedi Ro‘ziqul Berdiyev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Nasaf" yetakchilari nega "So‘g‘diyona" bilan o‘yinda qatnashmaganiga Ro‘ziqul Berdiyevning munosabati