18:43 / 20.11.2021
10 396

Mirjalol Qosimov: "Hammasi oxirgi turga qoldi"

Mirjalol Qosimov: "Hammasi oxirgi turga qoldi"
Superliganing 25-turida “Qo‘qon-1912” – AGMK jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 2:2 hisobida yakun topdi. Bellashuvdan so‘ng, mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida qatnashdi.

- Biz uchun juda mas’uliyatli o‘yin edi. Qolaversa, uchrashuv qiziqarli va dramatik tarzda o‘tdi. Nimagaki, bugun g‘alaba qozonganimizda ikkinchi o‘rinni hal qilgan bo‘lardik. Afsus, hayot davom etadi. Hammasi oxirgi turga qoldi. Shunga qaramay, yigitlar oxirigacha kurashishdi. “Qo‘qon-1912” jamoasi ham yaxshi harakat qildi. Ikkala jamoa darvozasiga chiroyli gollar kiritildi.

Menimcha, muxlislarga ham ma’qul keldi, deb o‘ylayman. Haqiqatan juda jangovar o‘yin bo‘ldi. Ko‘p standartlar bo‘ldi va kurashlarga boy o‘tdi. Oxirida g‘alaba qozonishimiz uchun imkoniyatimiz bor edi. Kasyanda 90-daqiqada qulay vaziyat bo‘lgandi. Futbolda shunaqa, ursang yutasan. Keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz. Tezroq tiklanishimiz kerak. Oldinda O‘zbekiston Kubogida yarim final kutyapti.

- Bugungi o‘yinda VAR bo‘lishi kerak edi. Ammo texnik sabablarga ko‘ra ishlamadi. VARning yo‘qligi uchrashuvga ta’sir qildi deb o‘ylaysizmi?
- Yo‘q bo‘lgani ham menimcha yaxshi bo‘ldi. Negaki, jozibador o‘yin bo‘ldi. Faqat to‘qnashuvlar va kurashlarda o‘yin to‘xtatildi. O‘yin tempi tushgani yo‘q. Ikki jamoa maydonga g‘alaba uchun tushgani ko‘rinib turgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: "Hammasi oxirgi turga qoldi"