“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa sardori Lorenso Pellegrini va ayollar jamoasi himoyachisi Eliza Bartoli bilan birga ayollarga nisbatan zo‘ravonlik muammosiga e’tibor qaratish maqsadida tashkil etilgan xayriya aksiyasining ishtirokchisiga aylandi.
Corriere dello Sport nashrining xabar berishicha, UYEFA Konferensiyalar ligasi guruh bosqichi beshinchi tur doirasida Ukrainaning “Zarya” jamoasiga qarshi o‘tkaziladigan o‘yinda Rim klubi futbolchilari ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash logotipi tushirilgan futbolkalardan foydalanadi.
Uchrashuvdan keyin bu futbolkalar auksionga qo‘yiladi va ulardan tushgan mablag‘ Roma Cares – xayriya jamg‘armasi hisobiga o‘tkaziladi. Bundan tashqari, uchrashuv chiptalaridan keladigan pullarning teng yarmi ham mazkur fondga beriladi. Bu jamg‘arma tushgan pullarni zo‘ravonlikdan aziyat chekkan xotin-qizlar uchun o‘quv kurslari tashkil etishga sarflaydi.
Shu bois, “Roma” futbolchilari “Zarya”ga qarshi o‘yindan keyin raqib futbolchilari bilan futbolkasini almashtira olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov mazkur turnir doirasida Norvegiyada “Budyo-Glimt” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdan keyin raqib jamoa darvozaboni Nikita Xaykin iltimosiga ko‘ra, mezbonlarga Rim klubining bir nechta futbolkasini hadya qilgan edi.
O‘shanda norvegiyaliklar mehmonlarni 6:1 hisobida sharmandali mag‘lubiyatga uchratganidan keyin ular raqib jamoaning mashhur futbolchilaridan futbolka so‘rashga botina olmagan.
- Eldor Shomurodovga alohida rahmat aytamiz. O‘yindan keyin o‘zini juda munosib va hurmatga loyiq tutdi. Yigitlarimiz “Roma”ning ko‘p futbolchilari bilan futbolka almashtirishni istagan edi. Lekin bunaqa natijadan keyin ularni bunga ko‘ndirishning imkoni bo‘lmadi. Men Eldorning oldiga kelib, u bilan gaplashdim va u futbolchilarimizga bir nechta futbolka olib chiqib berdi, - degan edi Nikita Xaykin uchrashuvdan so‘ng.
Mourino Jakani olishni talab qilyapti
Joze Mourino o‘tgan mavsum oxirida “Roma”ni qabul qilib olganidan keyin “Arsenal”dan Granit Jakani transfer qilishni rejalashtirgandi. Biroq shveysariyalik yarim himoyachi “kanonirlar” bilan shartnomani uzaytirdi.
Shundan bo‘lsa-da, portugaliyalik mutaxassis Jakani olishdan umidigt uzgani yo‘q. U Rim klubi mutasaddilarida bu futbolchini olib kelishni so‘rayapti.
Jaka ayni paytda maydonga tushmayapti. U bir necha haftadan beri jarohatini davotlatyapti. Biroq, bu omil ham Mourinoni fikridan qaytargani yo‘q.
Granit Jakaning “Arsenal” bilan yangi shartnomasi 2024 yilning yozigacha imzolangan. Uni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan klub, 22 million yevro miqdorida badal puli to‘lashi kerak bo‘ladi. Jaka joriy mavsumda premer-ligada atigi to‘rtta o‘yinda qatnashdi xolos.
“Manchester Yunayted” Mourinoga shart qo‘ydi
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino qishki transferlar vaqtida “Manchester Yunayted” himoyachisi Diogu Dalotni Rimga olib kelmoqchi edi.
Tomonlar bo‘lajak hamkorlik haqida muzokara o‘tkazgan va portugaliyalik futbolchi o‘z hamyurti va sobiq ustozi qo‘l ostida yana to‘p tepishga tayyorligini bildirgandi.
Endi manchesterliklar ushbu transfer bo‘yicha o‘z shartini e’lon qildi. Unga ko‘ra, klub “Atletiko”da o‘ynayotgan angliyalik himoyachi Kiran Tripperni qo‘lga kirita olsagina, Diogu Dalotning ketishiga ruxsat beradi.
Ta’kijlash joizki, Diyegu Dalot manchesterliklarning asosiy o‘yinchisi hisoblanmaydi. 22 yoshli himoyachi joriy mavsumda uchta uchrashuvda qatnashdi xolos. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi