
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher iste’foga chiqarildi.
Norvegiyalik mutaxassis "qizil iblislar"ni 2018 yilning dekabr oyidan buyon boshqarib kelayotgandi. Bu vaqt ichida u MYU bilan birorta ham sovrin yuta olmadi.
Mankunialiklar Sulsher qo‘l ostida 2020/2021 yilgi mavsumda APLda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, o‘sha mavsum klub Yevropa ligasi finaligacha yetib borib, hal qiluvchi bahsda "Vilyarreal"ga mag‘lub bo‘lgan.
Avvalroq Manchester klubi rahbariyati Sulsher iste’foga chiqarilganidan so‘ng 7,5 million funt tovon puli to‘lashi haqida xabarlar chiqayotgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar