3 048
Mehnat migrantlarining pul o‘tkazmalari O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir ko‘rsatdi?
O‘zbekistonga mehnat migrantlarining pul o‘tkazmalari hajmi 2021 yil yakuniga kelib qariyb 7,6 milliard dollarni tashkil etishi kutilmoqda. Bu haqda Jahon bankining Migratsiya va rivojlanish masalalari bo‘yicha hisobotiga tayanib, Spot xabar bermoqda.
Taqqoslash uchun 2020 yil davomida migrantlar O‘zbekistonga 6 milliard dollar o‘tkazgan.
Foto: Jahon banki
Jahon banki hisob-kitoblariga ko‘ra, 2021 yilda xorijdan pul o‘tkazmalari mamlakat YAIMning 11,6 foziga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda. Qo‘shni mamlakatlardan bu ko‘rsatkich faqat Qirg‘iziston va Tojikistonda yuqori — YAIMning 26 foizidan ortiq.
Umuman olganda, dunyo bo‘yicha rivojlanayotgan davlatlarda mehnat migrantlarining pul o‘tkazmalari 2021 yilda 589 milliard dollarni tashkil etdi. Bu 2020 yilga nisbatan 7,3 foizga ko‘p. Pul o‘tkazmalari hajmi ketma-ket ikkinchi yil to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va moliyaviy yordam umumiy hajmidan ortiq bo‘ldi.
Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlariga pul o‘tkazmalari hajmi 2021 yilda 5,3 foizga o‘sib, 67 milliard dollarni tashkil etishi kutilmoqda. 2022 yilda pul uning hajmi yana 3,8 foizga o‘sishi kutilmoqda.
Pul o‘tkazmalarining keskin o‘sishiga migrantlarning qiyin paytlarda o‘z oilalarini ta’minlash istagi, shuningdek, rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining tiklanishi yordam bermoqda. Rossiya va Fors ko‘rfazi davlatlarida, bunga, shuningdek, neft narxining oshishi ham muhim rol o‘ynaydi.
Jahon bankining Ijtimoiy himoya va bandlik bo‘yicha global amaliyot departamenti direktori Mixal Rutkovskining ta’kidlashicha, migrantlarning pul o‘tkazmalari oqimi COVID-19 inqirozi davrida iqtisodiy qiyinchilikka duchor bo‘lgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash uchun hukumatning pul yordami dasturlariga juda yaxshi qo‘shimcha bo‘ldi.
Jahon iqtisodiyoti tiklanishini jadallashtirish va uy xo‘jaliklaridagi vaziyatni yumshatish uchun pul o‘tkazmalarini yuborishni qo‘llab-quvvatlash kerak. Jumladan, hozirda 200 dollar pulni yuborish uchun 6,4 foizni tashkil etuvchi pul o‘tkazmasi to‘lovini pasaytirish lozim.
O‘zbekiston bu borada qulay sharoitda — o‘zbekistonlik migrantlarning aksariyati joylashgan Rossiyada pul o‘tkazmalari uchun to‘lovi miqdori 1,8 foizdan 1 foizga tushdi.
Markaziy bankning 2021 yilning 9 oyi yakunlari bo‘yicha hisobotida pul o‘tkazmalari aholi birlamchi va ikkilamchi daromadlari o‘sishini ta’minlagani qayd etilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi