O‘zbekiston Coca-Cola kubogi yarim final bosqichidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Bunyodkor" uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Piter Xyuistra matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yin haqida
- Bugun kubokka xos bo‘lgan haqiqiy shiddatli o‘yin bo‘ldi deb aytish mumkin. O‘yinni yaxshi boshladik, dastlabki daqiqalarda golli vaziyatlarni yaratdik. Biroq qizil kartochkadan so‘ng birgina xatoga yo‘l qo‘ydik. Shu xatodan "Bunyodkor" foydalanib ketdi. O‘yinning aksariyat qismini jamoamiz nazorat qildi, ular ustunroqdek ko‘rinishdi. Hisobni tenglashtirgan holda o‘yinga qaytdik. Futbolchilarimiz yaxshi o‘ynashdi. Penaltilar seriyasida g‘alaba qozonib omadga erishdik. Jamoamiz a’zolarini harakatlaridan qoniqish hosil qildim.
- Sherzod Temirov maydonning hamma qismiga ulgurayotgandi. Uning o‘rniga Boyan Matichning tushirilishi sababi nimada?
- To‘g‘ri, o‘yinni juda yaxshi boshladik. Hujumdagi futbolchilarga e’tirozim yo‘q. Lekin kartochkadan so‘ng biz o‘zgarishlarni amalga oshirishimiz zarur edi. Boyan Matich yaxshi harakat qildi, jamoaviy o‘yinlarda ishtirok etdi. Shuningdek, penaltilar seriyasida ham zarbani sovuqqonlik bilan yo‘llab gol urdi. Bu - juda muhim jihat. Barcha futbolchilar qiyin pallada xotirjam harakat qilganliklari meni g‘ururlantirdi.
- Jamoani mavsum so‘ngida qiyin taqvim kutib turgandi. Chempionatning so‘ngi turida yana "Bunyodkor"ga qarshi o‘ynaysizlar. Jamoa oldindagi o‘yinlarga ruhan va jismonan tayyormi? "Nasaf"ga qarshi final uchrashuvidan nimalarni kutayapsiz?
- Futbolchilarimiz jismoniy jihatdan yaxshi holatda. "Lokomotiv" bilan sifatli o‘yin o‘tkazdik. 3 kundan so‘ng bizga Dragan Cheran va Sherzod A’zamovlar yordam bera olishmaydi. Ular borasida qarorni kutamiz. Kuchli jamoalarga qarshi o‘ynash bizga yoqadi. Biz oldindagi o‘yinlarga tayyormiz deb ayta olaman.
- O‘yindagi hakamlik borasida fikringiz qanday?
- Bu hakamning o‘yinlarni boshqarishi menga yoqadi. Yaxshi hakam, bugungi qarorlarni VAR tizimi orqali chiqardi. Hakamlik haqida doim tortishish mumkin. Lekin bugungi o‘yin hakami takroriy vaziyatlarni ko‘rib keyin xulosa chiqardi, bizda bu borada e’tiroz yo‘q.
- Penaltilar seriyasida yosh futbolchilar ham ishtirok etishdi. Bu oldindan tayyorlangan reja edimi?
- O‘zi penaltilar seriyasiga tayyorlagan rejamiz bor edi. Biroq o‘yinning oxiriga kelib tanlangan futbolchilar o‘zgarib ketishdi. Zaxiralar bo‘ldi, 2 ta qizil kartochkalar oldik. Yakuniy qarorni o‘zim mashg‘ulotlardan keyin qolib jarima zarbalari ustida ishlaydigan futbolchilar evaziga shakllantirdim. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda