1 683
Viktor Kumikov: "Motivatsiyasiz o‘ynagan bo‘lsak-da, yosh futbolchilarni sinovdan o‘tkazib oldik"
Superliganing yakuniy 26-turidan o‘rin olgan "Turon" – "Andijon" (1:0) bahsidan keyin mehmonlar ustozi Viktor Kumikov fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- O‘yin haqida
- Bugungi o‘yin natijasidan kelib chiqsak, o‘tgan o‘yinimizni eslatib yubordi. Futbolchilar mavsum yakunlanib, hammasi hal bo‘lib ulgurgani uchun motivatsiyasiz harakat qilishdi va yomon o‘yin ko‘rsatishdi.
Birinchi taymda raqibdan ustunroq edik. Umuman olganda, maqsadsiz va motivatsiyasiz o‘ynagan bo‘lsak-da, yosh futbolchilarni sinovdan o‘tkazib oldik. 8 kishi jamoamizni tark etdi. O‘yin bo‘yicha fikr bildirsam, omad kelmadi. Vanihoyat, ushbu mavsum tugadi, lekin u biz kutganchalik bo‘lmadi. Hali hammasi oldinda, ko‘ramiz.
- "Andijon" Pro ligaga tushib ketdi. Jamoada ishlashda davom etasizmi yoki boshqa takliflar kelib tushdimi?
- Hozircha bilmayman. Hali mavsum yakuni muhokama qilinadi, majlis bo‘ladi. Shartnomam yil oxirida nihoyasiga yetadi. Maqsadimizga erisholmadik, qaysidir jihatdan bunga men ham aybdorman. Yaqin kunlarda hammasiga oydinlik kiritilsa kerak. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda