23:19 / 10.12.2021
5 339

11 va 12 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan boks olamidagi eng muhim janglar

11 va 12 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan boks olamidagi eng muhim janglar
Mazkur hafta yakunida jahon va o‘zbek boksi yulduzlari ishtirokida bir qator e’tiborga loyiq janglar bo‘lib o‘tadi.

Foto: Instagram
Toshkentda o‘zbek bokschilari ishtirokida prof boks oqshomi o‘tkaziladi
«Zo‘r-TV Arena»dagi musobaqaning asosiy jangi Shohjahon Ergashev va tailandlik Aekkauee Kaumane o‘rtasida kechadi. Boks kechasi 19:00 da boshlanadi.

Musobaqada shuningdek, quyidagi janglar bo‘lib o‘tadi:
-66.7 kg: Muhammadmuso Abdurahmonov (O‘zbekiston) – Sarvarjon Xolmirzayev (O‘zbekiston)
-72 kg: Shahobjon Shukurov (Rossiya) – Alisher Habibullayev (O‘zbekiston)
-72 kg: Husniddin Po‘latov (O‘zbekiston) – Jamshid Qo‘qonboyev (O‘zbekiston)
-66.7 kg: Bekzodbek Isadullayev (O‘zbekiston) – Sardor Berdiqulov (O‘zbekiston)
-63.5 kg: Jahongir Rasulov (O‘zbekiston) – Aleksandr Saltikov (Rossiya)
-55 kg: Tohirjon Yo‘ldoshev (Tojikiston) – Asadbek Mamajonov (O‘zbekiston)
-70 kg: Shohabbos Shukurov (Rossiya) – Farruhjon Ahadov (O‘zbekiston)

Bahodir Jalolov prof boksdagi 9-jangini o‘tkazadi

Foto: Instagram
BAAning Dubay shahrida 11 dekabr oqshomida professional boks kechasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqada og‘ir vazn toifasida harakat qiluvchi Bahodir Jalolov o‘zining navbatdagi jangida ringga ko‘tariladi.

Jalolovga kolumbiyalik Xulio Sezar Kalimeno raqib bo‘ladi. Sportchilar tarozidan o‘tishga ulgurdi. Dubaydagi musobaqa 11 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.

Yengilmas Qudratillo Abduqahhorov AQSHda jang qiladi

Foto: Instagram
Kaliforniya shtatida Toshkent vaqti bilan 12 dekabr tongida yarim o‘rta vazn toifasida ringga chiqayotgan Abduqahhorov (18-0, 10 KO) kanadalik Kodi Krouli (19-0, 9 KO) bilan jang qiladi.

Yana bir o‘zbekistonlik charm qo‘l qop ustasi Xurshid Tojiboyev Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadigan musobaqada Pavel Malikov bilan to‘qnash keladi. 11 dekabrda mo‘ljallangan mazkur boks kechasining asosiy jangi havaskor boksdagi faoliyati va Bahodir Jalolovga qarshi janglari bilan yaxshi tanish bo‘lgan Kamshibek Kunkabayev ishtirokida kechadi.

Vasiliy Lomachenko qaytmoqda, Dmitriy Bivol esa hamyurtiga qarshi

Foto: Instagram
Ukrainalik charm qo‘l qop ustasi navbatdagi jangini 12 dekabr tongida yengil vazn toifasining sobiq chempioni Richard Kommiga qarshi o‘tkazadi. Nyu-Yorkdagi boks oqshomi Toshkent vaqti bilan 12 dekabr tongi soat 06:30 da boshlanadi.

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida ham katta boks kechasi o‘tkaziladi. Oqshomning markaziy jangi rossiyalik mashhur bokschi Dmitriy Bivol ishtirokida bo‘lib o‘tadi. Unga hamyurti Umar Salamov raqib bo‘ladi.

Ushbu boks kechasining asosiy janglari 21:45 dan boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 11 va 12 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan boks olamidagi eng muhim janglar